Iste'molchilarni aralash ulash

Iste'molchilarni aralash ulash

O'quvchilarga / Fizika
Iste'molchilarni aralash ulash - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 25-26-mavzu: (Mustaqil o'qish uchun) Iste'molchuarni ketma-ket va parallel holda ulanishini ko'rib chiqdik. Lekin amalda bitta zanjirda ham ketma-ket, ham parallel ulanish hollari ko'p uchraydi. Masalan, 3 ta rezistor 73-rasmdagidek ulangan bo'lsin. Elektr zanjirining bunday ulanishi aralash ulash deb ataladi. Aralash ulangan iste'molchilar ulangan tugunlar bo'yicha alohida hisoblanadi. Masalan, 73-rasmda b va c nuqtalar orasidagi umumiy Run qarshilikni topishda R2 va R3 rezistorlar o'zaro parallel ulanganligi uchun ifodadan foydalaniladi. So'ngra umumiy qarshilik ketma-ket ulangan ikkita (R1 va Rum reostat kabi bo'ladi. Zanjirning umumiy qarshiligi esa, Rum = R1 + R'um ifoda orqali topiladi. Aralash ulangan murakkab istc'molchilarning umumiy qar-shiligini topishda ekvivalent sxemalardan foydalanish qulay. Ekvivalent sxema deyilganda aynan shu sxema bilan almashtirish mumkin bo'lgan sxema tushuniladi. Misol: 74-rasmda keltirilgan sxemaning umumiy qarshiligini toping. Bunda berilgan o'tkazgichlarning qarshiliklari (sonlar) bir xil asosiy birlik (Q) da berilgan deb hisoblang. Masalani yechishni birinchi sxemadan boshlaymiz. Unda bevosita tugunlar bilan bog'langan rezistorlarni ajratib olamiz. Ular punktir chiziq bilan ko'rsatilgan (75-a rasm): To'rtinchi ekvivalent sxemada (75-e rasm): Ko'rib o'tganimizdek, har qanday murakkab sxemani ketma-ket va parallel ulangan qismlarga ajratib, ekvivalent sxemalar yordamida sodda ko'rinishni oladi. Berilgan rasm asosida zanjirning elektr sxemasini chizing (76-rasm). Umumiy qarshilikni topish algoritmini yozing. To'rtta rezistor yordamida necha xildagi elektr sxema ko'rinishini hosil qilish mumkin? Javobingizni chizmalar yordamida asoslang. MASALALAR yechish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 775.02 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 775.02 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga