Iste'molchilarni ketma - ket ulash

Iste'molchilarni ketma - ket ulash

O'quvchilarga / Fizika
Iste'molchilarni ketma - ket ulash - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 21-mavzu: Iste'molchilarni ketma-ket ulash Bundan buyon elektr zanjirdagi elektr energiyani iste'mol qiluvchilarni o'tkazgich emas, balki iste'molchi deb yuritamiz. Odatda, elektr zanjiriga bitta emas, balki bir necha iste'molchilarni ulashga to'g'ri keladi. Bunda iste'molchilar o'zaro ketma-ket yoki parallel holda ulanadi. Biz quyida iste'molchilar ketma-ket ulangan elektr zanjirim qarab chiqamiz. Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi 65-rasmda tasvirlangan zanjirni yig'ay-lik. Kalit ulanganda zanjirdan tok o'tadi va lampochkalar yonadi. Bunda zanjirga ulangan uchala ampermetr bir xil qiymatni ko'rsatadi. Demak, zanjirdan o'tayotgan umumiy tok kuchi I, birinchi va ikkinchi Lampochkadan o'tayotgan tok kuchlari i va h bir xil bo'lar ekan: Agar zanjirga n ta lampochka ketma-ket ulangan bo'lsa, ulardan o'tayotgan tok kuchlari ham bir-biriga teng bo'ladi: Iste'molchilar ketma-ket ulanganda, bar bir iste'molchidan o'tayotgan tok kuchlari bir xil bo'ladi. Ketma-ket ulangan zanjirda kuchlanish 66-rasmdagi elektr zanjir kaliti ulanganda 1-voltmetr 4 V ni, 2- va 3-voltmetrlar 2 V ni ko'rsatadi. Lampochkalarning yonishi xiralashadi. Zanjirdagi to'liq kuchlanish ketma-ket ulangan ikkala lampochkadagi kuchlanishlarning yig'indisiga teng bo'ladi, ya'ni: Agar n ta lampochka ketma-ket ulansa, u holda zanjirdagi to'liq kuchlanish quyidagicha bo'ladi; Iste'molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to'liq kuchlanish har bir iste'molchidagi kuchlanishlarning yig'indisiga teng bo'ladi. Om qonuniga binoan, 66-rasmdagi elektr zanjirda birinchi lampochkadagi kuchlanish U=IR ga, ikkinchi lampochkadagi kuchlanish U2=1R2 ga teng. Bu ifodalardan zanjirdagi to'liq kuchlanish quyidagicha bo'ladi: U= Ui+ U2 =IRl+IR2=I(R1+R2). (5) Zanjirdagi lampochkalaming to'liq qarshiligi R ga, ulardan o'tayotgan tok kuchi l ga tengligidan foydalanib, to'liq kuchlanish U uchun quyidagi formulani yozishimiz mumkin: U=IR. (6) (5) va (6) tengliklarning o'ng tomonlarini tenglashtiramiz; IR=I(Ri+R2), bundan to'liq qarshilikni aniqlaymiz: R=R1 + R2. (7) Agar zanjirga n ta lampochka ketma-ket ulansa, u holda zanjirdagi o'tkazgichlarning to'liq qarshiligi quyidagicha bo'ladi: R=R1+R2+R3++Rn. (8) Iste'molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to'liq qarshllik har bir iste'molchi qarshiliklari yig'indisiga teng bo'ladi. Siz archaga osib qo'yiladigan lampochkalar shodasini ko'rgansiz. Masalan, har bin U1 = 3 V ga mo'ljallangan n=75 ta lampochka ketma-ket ulangan bo'lsa, bunday zanjirga U=nU1=75-3 V=225 V gacha kuchlanish berish mumkin. Shuning uchun bunday ketma-ket ulangan lampochkalar shodasini 220 V li elektr tarmoqqa to'g'ridan to'g'ri ulash mumkin. Agar ketma-ket ulangan lampochkalar shodasidan birortasi olib qo'yilsa yoki kuyib qolsa, boshqa barcha lampochkalar yonmaydi. Chunki bu holda zanjir shu joy (kuygan lampochka) da uzilgan bo'ladi. Masala yechish namunasi Qarshiliklari 1 Q, 2 Q va 3 Q bo'lgan uchta o'tkazgich ketma-ket ulangan bo'lib, ulardan 1 A tok o'tmoqda. Har bir o'tkazgichdagi kuchlanishni, zanjirning to'liq qarshiligini va to'liq kuchlanishini toping. Iste'molchilar ketma-ket ulanganda nima sababli ulardan bir xil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga