Iste'molchilarni parallel ulash

Iste'molchilarni parallel ulash

O'quvchilarga / Fizika
Iste'molchilarni parallel ulash - rasmi

Material tavsifi

Iste'molchilarni parallel ulash 8-sinf fizika darsligi asosida 22-mavzu: Xonadonda barcha elektr asboblan lampochkalar, televizor, muzlatgich va boshqalar bir vaqtda elektr tarmog'iga ulangan bo'ladi. Agar ular bir-biriga ket­ma-ket ulanganda edi, kuchlanish ular orasida taqsimlangan bo'lardi. Bu holda lampochkalar juda xira yonsada, televizor va muzlatgichlar kuchlanish pasayib ketganligidan ishlamaydi. Undan tashqari, ketma-ket ulangan iste'molchilardan biri o'chirilsa, boshqalari ham o'chadi. Shuning uchun xonadonlarda barcha iste'molchilar bir-biriga parallel ulanadi. Ikkita lampochka o'zaro parallel ulangan 67-rasmdagi elektr zanjirni yig'aylik. Bunda ikkala lampochka bir xil tarzda 1 va 2 ampermetrlarga ketma-ket ulanadi. Ularga parallel ulangan voltmetr 4 V kuchlanishni ko'rsatsin. Bu voltmetrning ko'rsatishi har bir lampochkadagi kuchlanishni ham, zanjirdagi to'liq kuchlanishni ham ifodalaydi. Demak, parallel ulangan ikkala lampochkada kuchlanish bir xil bo'lib, u zanjirdagi to'liq kuchlanishga teng bo'ladi, ya'ni: Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulangan bo'lsa, u holda ulardagi kuchlanishlar teng bo'ladi: U1=U2=U3= = Un. (2) Iste'molchilar parallel ulanganda, har bir o'tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish bir xil bo'ladi. Parallel ulangan zanjirdagi tok kuchi Kalit ulanganda birinchi ampermetr I1=0,6 A ni, ikkinchi ampermetr esa, I2=0,4 A ni ko'rsatsin. U holda zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi amper­metr 7=1 A ni ko'rsatadi. Demak, parallel ulangan birinchi va ikkinchi 1am-pochkalardan o'tayotgan I1 va I2 tok kuchlarimng yig'indisi I to'liq tok kuchiga, ya'ni zanjirning tarmoqlanmagan qismidan o'tayotgan tok kuchiga teng bo'ladi: Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulansa, u holda zanjirdagi to'liq tok kuchi quyidagicha bo'ladi: Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi to'liq tok kuchi har bir iste'molchidagi tok kuchining yig'indisiga teng bo'ladi. Parallel ulangan zanjirdagi qarshilik Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulansa, u holda zanjirdagi to'liq qarshilikning teskari kattaligi quyidagicha bo'ladi; Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjir to'liq qarshlligining teskari kattaligi har bir iste'molchi qarshiligining teskari kattaliklari yig'indisiga teng. Masalalarni yechishda ikldta iste'molchi parallel ulangan holatlar ko'p uchraydi. Bunday hollarda to'liq qarshilik formulasi uchun quyidagi formuladan foydalanish qulay: Masala yechish namunasi 220 V kuchlanishli tarmoqqa lampochka, muzlatgich va televizor parallel ulangan. Agar lampochkadan 0,5 A, muzlatgichdan 0,4 A va televizordan 1 A tok o'tayotgan bo'lsa, iste'molchilarning tarmoqdan olayotgan to'liq tok kuchini, har bir iste'molchining qarshiligini va iste'molchilarning to'liq qarshiligini toping. Nima sababli xonadon va avtomobillarning elektr simlarini nlashda ketma-ket ulashdan foydalanilmaydi? Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi kuchlanish va har bir iste'molchi uchlaridagi kuchlamsh orasida qanday munosabat bo'ladi? Parallel ulangan iste'molchidagi tok kuchi bir xil bo'ladimi? Ularning qiymati nimalarga bog'liq? Parallel ulangan iste'molchilarning to'liq qarshiligi har bir iste'molchi qarshiligi orqali qanday ifodalanadi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 726.71 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 726.71 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga