Tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanati

Tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanati

O'quvchilarga / Fizika
Tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanati - rasmi

Material tavsifi

Tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanati I. Nazariy qism Tekislikda ixtiyoriy ravishda yo'nalgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo'lishi uchun kuchlarning bosh vektori va tekislikning ixtiyoriy nuqtasiga nisbatan bosh momenti nolga teng, ya'ni (1) bo'lishi zarur va yetarli. Keltirilgan (1) tenglamalarni tekislikda dekart koordinatalar sistemasi o'qlariga proyeksiyalab, quyidagi tenglamalar sistemasiga kelamiz: (2) Ushbu (2) munosabatlar tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlarini ifodalaydi. Tekislikda ixtiyoriy yo'nalgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo'lishi uchun kuchlar sistemasining koordinata o'qlaridagi proyeksiyalari yig'indisi va tekislikdagi ixtiyoriy nuqtaga nisbatan algebraik momentlari yig'indisi alohida-alohida nolga teng bo'lishi zarur va etarli. Tekislikda ixtiyoriy yo'nalgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlarini yana boshqacha ko'rinishda ham berish mumkin: Bir tekislikda ixtiyoriy yo'nalgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo'lishi uchun kuchlar sistemasining bir to'g'ri chiziqda yotmaydigan ixtiyoriy uchta A,B va C nuqtalarga nisbatan algebraik momentlari yig'indisi alohida-alohida nolga teng, ya'ni (3) bo'lishi zarur va yetarli. Tekislikda ixtiyoriy ravishda yo'nalgan kuchlar sistemasining uchinchi xil muvozanat shartlarini ham berish mumkin: tekislikda ixtiyoriy yo'nalgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo'lishi uchun kuchlar sistemasining tekislikdagi ixtiyoriy ikkita A va B nuqtaga nisbatan olingan algebraik momentlari yig'indisi hamda kuchlar sistemasining shu nuqtalardan o'tuvchi to'g'ri chiziqqa perpendikulyar bo'lmagan o'qdagi proyeksiyalari yig'indisi nolga teng bo'lishi zarur va yetarli, ya'ni (4) bu yerda ℓ - AB to'g'ri chiziqqa perpendikulyar bo'lmagan o'q. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 455 marta
Ko'chirishlar soni 74 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 455 marta
Ko'chirishlar soni 74 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga