o'rta asrda fizika fanining rivojlanishi. ( IX -XV asrlar) Reja : 1. Musulmon o'rta asrlarda madaniyat va fan. 2. Ilmiy maktablar va ta'limning rivojlanishi. Yer yuzining juda katta teritoriyasini zabt etgan arab xalifaligi abbosiylar davrida ijtimoiy - siyosiy parakandalikka yuz ugirdi. Birok bu davrda dunyoviy ilm-fan, xurfikrlilik xalifa Xorun-ar - Rashid va uning vorisi Mamun xomiyligida gurkirab rivojlandi. Bu davr ilm-fani, falsafasi, ma'naviy madaniyatga erishgan buyuk yutuklar sharofati bilan jahon madaniyati va falsafasi tarixiga arab-musulmon falsafasi tushunchasi kirib keldi. taraqqiyparvar va ma'rifatparvar arab xalifalarining ilm-fan, falsafa rivojiga alohida gamxurlik qilishlari bejiz emas edi. Xorun ar-Rashid xalifalikni oqilona va odilona boshqarishda ulug donishmandlar maslahatiga amal kilganligi, buyuk olimlar bilan turli masalalarda erkin bahs munozara yuritganligi uchun xam katta yutuklarga erishgan edi. Bu davr ilm fan va falsafaga oid asarlar asosan arab va fors tillarida yozishdi. Bu davr madaniyati va falsafasining rivojiga Markaziy Osiyolik buyuk allomalar : Abu Nasr Farobiy, Muso al - Xorazmiy, Axmad Fargoniy . Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar salmokli xissa kushdilar, ular o'z asarlarini ushbu davr an'anasiga ko'ra arab tilida yaratdilar. Arab - musulmon falsafasi va madaniyatiga oid manbalar nixoyatda ko'p bo'lib, ular jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida o'z tadqiqotchisini kutyapti. Arab tilidagi kulyozmalar soni 100 ming nomdagi 630 mingdan ortikdir. Ibn Bojjining (XI asr oxiri) Fukorolar siyosati to'g'risida aforizmlar, fuqarolik fani, asarlari xaligacha topilgan emas. qadimgi Yunon va arab madaniyatlarining o'zaro aloqasida tarjimachilik muhim rol uynagan. Vizantiya imperiyasi bilan Eron sosoniylar davlati o'rtasida Suriya davlati joylashgan bo'lib, u keyinchalik ikki buyuk madaniyatni bir-biri bilan boglovchi jonli kuprik vazifasini bajardi. Suriyaliklar, savdogarlar, tarjimonlar, muallimlar edilar. Ular Suriya tilida gaplashar, ularning tili arab tiliga ancha yaqin edi. Grek tilini yaxshi urganib olgan suriyalik xristianlar arablarga qadar xam monastir va maktab - akademiyalarda Pluton, Aristotel, Galen, Gippokratning falsafa va meditsinaga oid asarlarini, alximiya, astrologiya, astronomiya, qishloq xo'jaligiga oid risolalarni grek tilidan suriya tiliga tarjima kilgan edilar. Tarjimonlar Vizantiyaning Edes shaxridagi nestorian oliy diniy maktabida faoliyat kursatganlar, birok bu diniy maktab Vizantiya pravoslaviyasiga muxolifatda bo'lganligi uchun xam uni 489 yili imperator Zenonning buyrugi bilan yopishgan, uning o'qituvchi va talabalari kuvgin qilingan. Ularning bir kismi Eron podsholigiga kuchib utgan va sosoniy podshoxlarining xomiyligida ijod kilganlar. Eronning Gundi -Shopur shaxrida Xisrav Anushirvon tomonidan asos solingan meditsina maktabi ravnak topdi. Bu maktab fakatgina qadimgi meditsinadangina emas, balki Vizantiya bilan bo'lgan urushda asr olingan va davolash san'atida Ellin donishmandligi ni puxta egallagan maxbuslardan xam ko'p narsa olgan edi. Afinadan Yustinian tomonidan kuvgin ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.71 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.71 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:33 ]
Arxiv ichida: doc