Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati. O'zbekistonda fizika taraqqiyoti

Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati. O'zbekistonda fizika taraqqiyoti

O'quvchilarga / Fizika
Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati. O'zbekistonda fizika taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 3-mavzu: Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati. O'zbekistonda fizika taraqqiyoti Qadimda yashagan odamlar to'la-to'kis tabiatga bog'liq bo'lganlar. Chunki hech narsani o'z qo'llari bilan yaratmasdan, atrofida borini iste'mol qilganlar. Yog'in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g'orlarda bekinib jon saqlaganlar. Asta-sekin ov qurollarini o'ylab topganlar va olovdan foydalanishni o'rganishgan. Natijada ularning turmushi yengillasha borgan. Shunga ko'ra tabiatni o'rganish, undan foydalanish va unga ta'sir ko'rsatish boshlangan. Tabiat haqidagi bilimlarni o'rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanishi natijasida insoniyat sovuq qotish, qorong'ilikda qolish, och qolish kabi holatlardan va ko'pchilik kasallik- lardan qutula oldi. Inson yer yuzi bo'ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda. Tabiiy fanlar ichida fizika yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Birinchi mavzuda aytib o'tilganidek, uning o'rganadigan sohasi keng qamrovlidir. Fizikaning har bir o'rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shunga ko'ra, O'zbekistonimizda ham fizika fanini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O'zbekiston Fanlar akademiyasiga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta'lim muassasalari laboratoriyalaridagi olimlar shug'ullanadilar. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ulug' bek nomidagi Astronomiya instituti, Akademik S.A. Azimov nomidagi «Fizika-Quyosh» IICHB qoshidagi Fizika-texnika instituti va Materialshunoslik instituti, G'.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Qoraqalpog'iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida mexanik, issiqlik, elektr, yorug'lik va tovush hodisalariga doir ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 534.4 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 534.4 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga