Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog'liqligini aniqlash

Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog'liqligini aniqlash

O'quvchilarga / Fizika
Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog'liqligini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 44-mavzu: Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog'liqligini aniqlash (5-laboratoriya ishi) Ishning maqsadi: turli massali sharlar tezligini o'zgartirib, kinetik energiya ishqalanish kuchini yengishini kuzatish yordamida energiyaga oid bilimlarini mustahkamlash. Kerakli jihozlar: turli massali 2 ta po'lat sharcha, metall nov, brusok, o'lchov tasmasi, sekundomer, shtativ. Ishni bajarish tartibi 137-rasmda ko'rsatilganidek shtativ yordamida novni qiya holatda o'rnating. Novning pastki uchiga brusokni tirab qo'ying. 2. Novning o'rta qismiga kichik massali sharchani qo'ying va uni qo'yib yuborib, nov bo'ylab qanday dumalashi, yog'och brusokka kelib urilishi, ishqalanish kuchini yengishi va brusokni ma'lum masofaga siljitishini kuzatib boring. 3. Brusok siljib qolgan masofa Δl ni o'lchang. 4. Sharchani novning yuqori uchidan qo'yib yuborib, tajribani takrorlang. 5. Katta massali sharchani novning o'rta qismidan qo'yib yuboring va brusokning siljishini yana qayta o'lchang 6. 1-laboratoriya ishidagi kabi masofa va vaqtni o'lchab, sharcha olgan tezlanishni toping. Tezlanish va vaqt ko'rsatkichlaridan foydalanib, sharchaning brusokka urilish vaqtidagi tezligini aniqlang va formuladan kinetik energiyani toping. 7. Brusokning surilishida bajarilgan ish va kinetik energiya orasidagi bog'lanish natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 603.21 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 603.21 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga