Jism massasi

Jism massasi

O'quvchilarga / Fizika
Jism massasi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu: Jism massasi Jismlarning inertligi Tajriba. Biriga elastik plastinka mahkamlangan ikkita bir xil aravachani 66-rasmda ko'rsatilganidek stol ustiga qo'yaylik. Bukilgan plastinkani tortib turgan iрni uzib yuborsak, elastik plastinka ikkala aravachaga bir xil ta'sir etib, ularni ikki tomonga turtib yuboradi. Bunda ikkala aravacha bir xil tezlanish oladi, ya'ni: Endi ikkinchi aravacha ustiga yuk qo'yib, yuqoridagi tajribani takrorlaylik (67-rasm). Lekin bu holda birinchi aravacha ikkinchi aravachaga qaraganda uzoqroqqa borib to'xtaydi, ya'ni birinchi aravacha olgan tezlanish ikkinchisiga nisbatan katta bo'ladi: 67-rasmdagi ikkinchi aravachaning ustiga qo'yilgan yuk miqdori qancha ortib borsa, uning olgan tezlanishi shuncha kichik bo'lib boradi. Ya'ni yuk qancha katta bo'lsa, uning tinchlik holatini o'zgartirish shuncha qiyin kechadi. Yuk katta bo'lganda, jismning tinch yoki harakatdagi holatini saqlashga urinish qobiliyati katta bo'ladi. Jismga boshqa jism ta'sir etmaganda uning tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash xossasiga inertlik deyiladi. Jismga kuch ta'sir qilganda, shu jism inertligining katta yoki kichikligi namoyon bo'ladi. Haqiqatan ham, gantelni shtangaga nisbatan ko'tarish, ya'ni harakatga keltirish oson. Chunki gantelning inertligi shtanganikiga nisbatan kichik. O'yinchoq mashinani qo'limiz bilan turtib yuborsak, u harakatlanadi. Lekin haqiqiy mashinani turtib yurgizish uchun ancha katta kuch kerak bo'ladi. Chunki haqiqiy mashinaning inertligi katta. Poyezdning inertligi har qanday mashina inertligidan katta. Shuning uchun poyezdni joyidan qo'zg'atib, tezligini oshirish va aksincha, u harakatda bo'lsa, to'xtatish qiyin. Katta tezlikda ketayotgan poyezdning to'xtashi uchun katta kuch va vaqt kerak bo'ladi. Jismning inertligi qancha katta bo'lsa, uning tinch yoki to'g'ri chiziqli tekis harakat holatini o'zgartirish shuncha qiyin kechadi. Massa Barcha jismlar inertlik xossasiga egadir. Tajribalardan ko'rinadiki, bitta jism o'rniga shunday kattalikdagi ikkita jism bir-biriga yopishtirib qo'yilsa, bir xil kattalikdagi kuch ta'sirida ularning olgan tezlanishlari ikki marta kamayadi. Bir xil hajmdagi turli moddalardan tayyorlangan jismlar bir xil kuch ta'sirida turlicha tezlanish oladi, ya'ni inertligi turlicha miqdorda bo'ladi. Demak, har bir jism inertligini jism ma'lum kuch ta'sirida olgan tezlanishini mexanik usulda o'lchash yo'li bilan topish mumkin. Yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, turli jismlarning inertligi turlicha miqdorda bo'ladi. Har bir jismning inertligi shu jismning o'zigagina xos kattalikdir. Jismlarning inertligini taqqoslash uchun maxsus kattalik - massa qabul qilingan. Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik massa deb ataladi va m harfi bilan belgilanadi. «Massa» so'zi lotinchada «bo'lak», «parcha» degan ma'noni bildiradi. Istalgan jismning massasi, u qayerda bo'lishidan qat'i nazar, bir xil qiymatga ega bo'ladi. Jism dengiz ostidami, boshqa sayyoradami yoki kosmosdami, farqi yo'q, massasi o'zgarmaydi. Xalqaro birliklar sistemasida massaning birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Dastlab etalon sifatida temperaturasi 4 °C bo'lgan 1 dm3 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 504.87 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 504.87 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga