10-sinf fizika darsligi asosida 12-mavzu: Jism og'irligining harakat turiga bog'liqligi Hozirgi kunda ko'pgina ma'muriy binolar, turarjoylar ko'p qavatli qilib qurilgan. Yuqori qavatlarga chiqish va tushish uchun liftlardan foydalaniladi. Liftda chiqayotgan va tushayotgan odam harakatini qaraylik 1. Massasi m bo'lgan odam liftda turibdi. Lift pastga yoki yuqoriga o'zgarmas v=const tezlik bilan harakatlanayotgan holda (2.5-a rasm.) odamning lift poliga (tayanchga) beradigan ta'siri (og'irligi) P = mg bo'ladi. Boshqacha aytganda, lift o'zgarmas tezlik bilan harakatlanganda jism og'irligi lift tinch holatda turganda qanday bo'lsa, shundayligicha qoladi. 2. Lift pastga a tezlanish bilan tushmoqda (2.5-b rasm.). U holda Nyutonning ikkinchi qonuniga ko'ra Bundan ko'rinadiki, lift pastga tomon α tezlanish bilan harakatlansa, odamning og'irligi ma ga kamayar ekan. Agar liftni ushlab turuvchi tros keskin bo'shatilsa, lift pastga tomon a = g tezlanish bilan harakatlanadi va odamning og'irligi Jismning tayanchga yoki osmaga ko'rsatadigan kuchi nolga teng bo'la digan, ya'ni og'irligi yo'qoladigan holatga vaznsizlik deyiladi. Demak, jism vaznsizlik holatiga o'tishi uchun pastga tomon g = 9,81 ms2 tezlanish bilan harakatlanishi kerak. Bundan jismlar erkin tushayotganda vaznsizlik holatida bo'lishi kelib chiqadi. Qisman vaznsizlik holati arg'imchoq uchayotganda, sakrashning tushish qismida, qiyalikdan inersiyasi bilan sakragan motosiklchida kuzatiladi. Bu juda qisqa vaqt davom etadi. Yerning sun'iy yo'ldoshlarida, orbital stansiyalarda istiqomat qiluvchi kosmonavtlar uzoq muddat vaznsizlik holatida bo'ladi. Bunday paytda inson organizmida qon aylanishi va oziqlanish tizimi buziladi. Orbital stansiyalarda vaznsizlik holatining zararli oqibatlarini tugatish uchun maxsus choralar ko'riladi. 3. Lift yuqoriga tomon a tezlanish bilan ko'tarilmoqda (2.5-d rasm). Bunda odamning lift poli (tayanch)ga ko'rsatadigan og'irligi ga teng bo'ladi. Bundan ko'rinadiki, lift yuqoriga tomon tezlanish bilan ko'tarilsa, odamning og'irligi ma qiymatga ortadi. Bu holatga ortiqcha yuklama deyiladi. Yuklamani, jismning harakat davridagi og'irligining, tinch holatdagi og'irligiga nisbati bilan topiladi: Bu holatda to'la yuklama tayanchga tushadi. Lekin odam gavdasi bo'ylab qisman yuklanishlar hosil bo'ladi. Masalan, odam boshining og'irligi uning bo'yniga, bosh, bo'yin, yelka va qo'llarning og'irligi esa belga va h. k. oyoqlarga tushadi. Agar liftning tezlanishi 0,3 - 1 ms2 atrofi da bo'lsa, inson uni sezmaydi. Lekin tovushdan tez uchuvchi samolyotlarda, raketaning ko'tarilishida tezlanish 100 ms2 gacha boradi. Bu holatga tushgan uchuvchilar va kosmonavtlarning aytishicha, og'irlik ularni o'rindiqqa mahkamlab tashlaydi, qo'llarni ko'tarish juda og'irlik qiladi, qovoqni ko'tarib, ko'zni ochish haddan tashqari mashaqqatli bo'ladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
724.38 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
724.38 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:33 ]
Arxiv ichida: ppt