Jismlarning absolyut elastik va noelastik to'qnashishi

Jismlarning absolyut elastik va noelastik to'qnashishi

O'quvchilarga / Fizika
Jismlarning absolyut elastik va noelastik to'qnashishi - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu: Jismlarning absolyut elastik va noelastik to'qnashishi To'qnashish deb, ikki yoki undan ko'p jismlarning juda qisqa vaqt davomidagi ta'sirlashuviga aytiladi. To'qnashish tabiatda juda ko'p uchraydi. Bilyard sharlarining to'qnashuvi, odamning yerga sakrashi, bolg'acha bilan mixning qoqilishi, futbolchining to'p tepishi va hoka'zolar to'qnashishga misol bo'ladi. To'qnashish natijasida jismlarning deformatsiyalanishiga qarab ular ikki turga: absolyut elastik va absolyut noelastik to'qnashishlarga bo'linadi. Absolyut noelastik to'qnashish. Absolyut noelastik to'qnashish deb, ikkita defor matsiyalanadigan sharlarning to'qnashib, birga yoki bir xil tezlik bilan harakatlanishiga aytiladi. To'qna shuvdan so'ng sharlar birlashib, harakat qilishi mumkin. Plastilin yoki loydan yasalgan sharchalarning to'qnashuvi bunga misol bo'la oladi (3.5-rasm). m1 massali jismning to'qnashishdan oldingi tezligi v1, m2 massali jismning to'qnashishdan oldingi tezligi v2 bo'lsin. To'qnashishdan keyingi tezlik v → bo'lsa, impulsning saqlanish qonunini tatbiq etib quyidagini olamiz: Bundan Absolyut noelastik to'qnashishda mexanik energiyaning saqlanish qonuni bajarilmay, uning bir qismi sharlarning ichki energiyasiga aylanadi. Absolyut elastik to'qnashish deb, ikkita deformatsiyalanmaydigan sharlarning to'qnashishiga aytiladi. Bunda sharlarning to'qnashishdan oldingi kinetik energiyalari, to'qnashishdan keyin ham to'laligicha kinetik energiyaga aylanadi. Absolyut elastik to'qnashishda impulsning va kinetik energiyaning saqlanish qonunlari bajariladi. m1 va m2 massali sharlarning to'qnashishgacha tezliklari mos ravishda v → 1 va v → 2 , to'qnashishdan keyin esa v → ' 1 va v → ' 2 bo'lsin. Ularning harakat yo'nalishlarini hisobga olib o'ng tomonga yo'nalgan harakatni musbat, chap tomonga yo'nalganini esa manfiy ishora bilan olamiz (3.6-rasm). Shu hol uchun impulsning va kinetik energiyaning saqlanish qonunlari quyidagicha bo'ladi: Masala yechish namunasi O'zgarmas F kuch ta'sirida vagon 5 m yo'lni bosib o'tdi va 2 ms tezlik oldi. Agar vagonning massasi 400 kg va ishqalanish koeffi tsiyenti 0,01 bo'lsa, kuch bajargan A ish aniqlansin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 942.64 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 942.64 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga