Jismlarning bosib o'tgan yo'li va unga ketgan vaqt. Bosib o'tilgan masofa va vaqt birliklari

Jismlarning bosib o'tgan yo'li va unga ketgan vaqt. Bosib o'tilgan masofa va vaqt birliklari

O'quvchilarga / Fizika
Jismlarning bosib o'tgan yo'li va unga ketgan vaqt. Bosib o'tilgan masofa va vaqt birliklari - rasmi

Material tavsifi

Jismlarning bosib o'tgan yo'li va unga ketgan vaqt. Bosib o'tilgan yo'l (masofa) va vaqt birliklari 6-sinf fizika darsligi asosida 19-mavzu: Mexanik harakatda jismning vaziyati vaqt o'tishi bilan o'zgarishini bilib oldingiz. Bu o'zgarishni xarakterlash uchun bosib o'tilgan yo'l va vaqt tushunchalari kiritiladi. Bosib o'tilgan yo'l deb jismning harakat trayektoriyasining uzunligiga aytiladi. Yo'lni o'lchash uchun uzunlik birligi metrdan foydalaniladi. Yo'lni inglizcha space - masofa, length - uzunlik so'zlarining bosh harfi s yoki l harflari bilan belgilanadi. Jism ma'lum bir vaqt mobaynida harakatlanadi. Vaqt juda murakkab tushuncha bo'lganligi uchun unga oddiy ta'rif berib bo'lmaydi. Shunga ko'ra o'zimiz o'rganib qolgan tushunchamiz bo'yicha ishlatamiz. Masalan, avtobus Guliston shahridan Toshkentga 2 soatda yetib keldi. Vaqtni inglizcha time so'zining bosh harfi t bilan belgilaymiz. Demak, t = 2 soat. Bosib o'tilgan yo'l uzun yoki qisqaligiga qarab, metrdan tashqari qulaylik uchun km, dm, sm va mm larda ham o'lchanadi. Masalan, Yerdan Quyoshgacha bo'lgan o'rtacha masofa 150 00 00 km, Yerdan Oygacha bo'lgan o'rtacha masofa 384 00 km, Yer radiusi ~ 6400 km, Urganchdan Nukus shahrigacha yo'l uzunligi ~ 170 km, maktab yugurish yo'lkasining uzunligi 100 m, shilliq qurtning o'tgan masofasi 15 sm va h.k. 1 km = 100 m; 1 m = 10 dm; 1 dm = 10 sm; 1 sm = 10 mm. Jismlarning harakatlanish vaqti sekundlarda o'lchanadi. Zaruratga qarab vaqtni millisekund, minut, soat, sutka va h.k. birliklarda belgilash mumkin. 1 sutka = 24 soat; 1 soat = 60 minut; 1 min = 60 sekund. Jismlarning harakatlanish vaqti yoki bosib o'tgan yo'llarini solish tirish uchun ularni bir xil o'lchov birligiga keltirish zarur! Eng kichik atom o'lchami (vodorod atomi) 0,001 sm. Eng kichik atom yadrosining o'lchami 0,001 sm. Yerdan eng yaqin yulduzgacha bo'lgan masofa  10 00 00 00 00 00 km. Quyoshdan chiqqan yorug'lik Yerga yetib kelishi uchun ketgan vaqt  8 min. Yerning Quyosh atrofida bir marta to'la aylanish vaqti - 1 yil. Quyoshdan eng uzoqda bo'lgan kichik osmon jismi - Plutonning bir marta aylanish vaqti - 246 yil (Yer yili hisobida). Quyosh va uning sayyoralarining yoshi  4 700 00 00 yil hisoblanadi. xalqaro birliklar sistemasi qabul qilingunga qadar turli mamlakatlarda har xil o'lchov birliklari mavjud bo'lgan. Masalan, Angliya va Amerika Qo'shma Shtatlarida uzunlikning quyidagi birliklari ishlatilgan: 1 duym = 2,54 sm; 1 fut = 12 duym = 30,48 sm; 1 milya = 1609 m; 1 dengiz milyasi = 1852 m. Rossiyada: 1 vershok = 4,445 sm; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 328.56 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 328.56 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga