Jismlarning erkin tushishi

Jismlarning erkin tushishi

O'quvchilarga / Fizika
Jismlarning erkin tushishi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 13-mavzu: JISMLARNING ERKIN TUSHISHI Bir xil balandlikdan tashlangan tosh va qush patining yerga turli vaqtlarda tushishini kuzatgan qadimgi yunon faylasufi Aristotel Yer tortish kuchi ta'sirida og'ir jismlar yengil jismlardan oldin tushadi, degan xulosaga kelgan. Bu noto'g'ri ta'limot qariyb ikki ming yil davomida to'g'ri deb kelindi. Italiyalik olim Galileo Galileyning (1564-1642) XVI asr oxirida o'tkazgan tajribalaridan keyingina Aristotel fikrlari noto'g'ri ekanligi isbotlandi. Galiley Piza minorasidan (42-rasm) bir vaqtda po'lat va tosh sharlarini tashlab, ular yеrga aynan bir vaqtda tushishiga ishonch hosil qildi. Galiley quyidagicha faraz qildi (gipotеzani ilgari surdi): agar havoning qarshiligi bo'lmasa, bir vaqtda tashlangan po'lat sharcha va yеngil qush pati minoradan bir vaqtda tushadi. Bu gipotеzani tеkshirish uchun uzun shisha naycha ichiga po'lat sharcha va qush pati joylashtirildi. Havo bor nayda po'lat sharcha qush patidan oldin tushishi kuzatildi (43-a rasm). Naydan havo so'rib olinganida esa po'lat sharcha va qush pati bir vaqtda tushdi (43-b rasm). Bu tajriba Galilеy farazi to'g'ri ekanligini tasdiqladi. Jismning havosiz joyda faqat Yerning tortishi ta'siridagi Yer tomon harakati erkin tushish deb ataladi. Jismning erkin tushishi to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatga yaqqol misol bo'ladi. Ma'lum bir balandlikdan qo'yib yuborilgan sharcha tekis tezlanuvchan harakat qilib, uning tezligi har sekundda 9,81 ms2 ga ortib boradi (44-rasm). Erkin tushayotgan jismning tezlanishi o'zgarmas bo'lib, bu kattalik erkin tushish tezlanishi deb ataladi va g harfi bilan belgilanadi. Aniq o'lchashlar Yer yuzining turli geografik kengliklarida erkin tushish tezlanishining qiymatlari turlicha ekanligini ko'rsatdi. Masalan, bu tezlanish qutbda g = 9,83 ms2 bo'lsa, ekvatorda g = 9,78 ms2 ga teng. Buning asosiy sababi Yerning absolyut shar shaklida emasligidir. Erkin tushish tezlanishini taqriban 9,8 ms2, ayrim hollarda yaxlitlab 10 ms2 ga teng deb olish mumkin. Erkin tushish tezlanishi vektor kattalik bo'lib, u har doim pastga tik yo'nalgan bo'ladi. To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatga oid barcha formulalarni erkin tushishga qo'llash mumkin. Faqat bunda a tezlanishni g erkin tushish tezlanishi bilan, s yo'lni h balandlik bilan almashtirish kifoya qiladi. Shu tariqa erkin tushishga oid quyidagi formulalarni yozish mumkin: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 413.36 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 413.36 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga