7-sinf fizika darsligi asosida 1-mavzu: Tevarak-atrofimizda velosiped, avtomobil va odamlar yurishini; osmonda qush, vertolyot, samolyot va raketalar uchishini (2-rasm); suvda baliq, akula va delfinlar suzishini; Yer Quyosh atrofida, Oy esa Yer atrofida aylanishini kuzatishimiz mumkin. Jismning harakati ma'lum qonun-qoidalarga bo'ysunadi. Masalan, olimlar kuzatish natijalari asosida osmon jismlarining qaysi vaqtda fazoning qaysi joyida bo'lishini aniqlay oladilar. Jumladan, ular Oy va Quyoshning qachon tutilishini oldindan aytib berishlari mumkin. Har qanday jismning mexanik harakati boshqa jismga nisbatan kuzatiladi. Masalan, avtomobil ko'cha bo'yidagi daraxt yoki binolarga nisbatan, daryo suvi qirg'oqlarga nisbatan, samolyot Yerdagi bino, osmondagi bulutlarga nisbatan harakat qiladi. Jism harakati kuzatuvchining vaziyatiga qarab turlicha bo'ladi. Jismning mexanik harakati deb, uning boshqa jismlarga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o'tishi bilan o'zgarishiga aytiladi. Harakatning nisbiyligi Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o'zgarmasa, u tinch turibdi, deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o'tirgan odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo'lsa, daryo qirg'og'iga nisbatan harakatda bo'ladi. Yerdagi barcha narsalar go'yoki tinch turganga o'xshaydi. Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrofi da aylanadi, ya'ni harakatda bo'ladi. Ma'lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib ketayotgan odam vagonga nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo'l relsiga nisbatan katta tezlikda harakatlanayotgan bo'ladi. Bu odam tezligi turli jismlarga nisbatan turlicha bo'ladi. Boshqa jismlar bo'lmasa, yakka bir jism tezligi haqida biron bir fikr yuritish mumkin emas. Barcha jismlarning harakati nisbiy bo'lib, ularning tinch turishi ham nisbiydir Sanoq jism Harakatning nisbiyligini hisobga olish uchun «sanoq jism» tushunchasi kiritiladi. Masalan, odam va avtomobillarning harakati yoki tinch holati Yerga nisbatan olinadi. Bu holda Yer - sanoq jism hisoblanadi. Atrofi mizdagi barcha jismlarning tinchlik holati yoki mexanik harakati ana shunday sanoq jismlarga nisbatan qaraladi. Agar Yerning Quyosh atrofi dagi harakati qaralayotgan bo'lsa, Quyosh sanoq jism bo'ladi. Jismning harakati yoki tinch holati qaysi jismga nisbatan kuz atilayot gan bo'lsa, o'sha jism sanoq jism deb ataladi. 3-rasmda yerga nisbatan 10 ms tezlik bilan ketayotgan platforma ustida shu yo'nalishda 1 ms tez lik bilan ketayotgan odam tasvirlangan. Bu odamning harakati uchun platforma sanoq jism deb olinsa, uning tezligi 1 ms bo'ladi. Agar sanoq jism sifatida Yer tanlab olinsa, odamning tezligi 11 ms bo'ladi (10 ms + 1 ms = 11 ms). Yo'lda ketayotgan avtomobil, poyezd va bosh qa larning harakatida sanoq jism sifatida Yer shari o'rniga uning sirtida qo'zg'almas holatda joylashgan bino, daraxt kabilarni olish mumkin. Masalan, avtomobilning harakati yo'l yoqasidagi daraxtga nisbatan ku zatilayotgan bo'lsa, ayni paytda shu daraxt sanoq jism deb olinadi. Sanoq sistemasi Jismning mexanik harakati haqida to'liq ma'lumot ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:33 ]
Arxiv ichida: ppt