Jismlarning mexaniq harakati. Trayektoriya

Jismlarning mexaniq harakati. Trayektoriya

O'quvchilarga / Fizika
Jismlarning mexaniq harakati. Trayektoriya - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 18-mavzu: KIRISH SUHBATI Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko'p jismlar, mashina va mexanizmlarga duch kelamiz. Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va qo'l mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning harakatiga nazar tashlasak, uning turli qismlari turlicha harakatda bo'lishiga e'tibor beramiz. Avtomobil korpusi, yuki, hay dovchisi bilan oldinga yoki orqaga harakat qilsa, uning g'ildiraklari, dvigatelini sovituvchi parragi aylanma harakat qiladi. Bundan buyon oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, o'ngga yoki chapga bo'ladigan harakatlarni umumiy holda ilgarilanma harakat deymiz. Devorga osilgan mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib turuvchi harakat qilganligidan, uning harakatini tebranma harakat deyiladi. Shunday qilib, bizni o'rab turgan olamdagi barcha jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin. Ilgarilanma harakat. Aylanma harakat. Tebranma harakat. Jismlarning hammasi ham har doim harakatda bo'lmaydi. Masalan, osib qo'yilgan yuk, imoratga qo'yilgan ustun, kir yoyilgan arqon va h.k. Bir qarashda ularda hech qanday qonuniyatlar yo'qdek ko'rinadi. Aslida ular muvozanat holatida bo'lib, ma'lum qonun va qoidalar bajariladi. Jismlarning mexanik harakatlari hamda ularning muvo zanat holatlari birgalikda mexanik hodisalar deb ataladi. Mexanika atamasi grekcha «mexanike» so'zidan kelib chiqib, mashinalar haqidagi fan degan ma'noni bildiradi. Siz fizika darsida o'qituvchingiz berayotgan saboqni tinglab o'tiribsiz. Bundan oldin o'yingizdan chiqib maktabga kelgansiz. Siz o'tirgan stol, maktab binosi esa joyida turibdi. Derazadan qarasangiz o'tib ketayotgan kishilarni, avtomobillarni ko'rasiz. Ularga qarab ayrimlarini harakatda, ayrimlarini harakatsiz, degan xulosa chiqarasiz. Bunday xulosani chiqarishda biz nimalarga e'tibor berdik? Har bir narsa yoki predmet berilgan vaqtda ma'lum bir joyda bo'ladi. Masalan, sinfda siz o'tirgan parta eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan. O'qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda o'tiribdi. O'qituvchi o'rnidan turib doska oldiga bordi. Endi u sizdan 2,5 m uzoqlikda. Demak, o'qituvchin gizning sinfda turgan o'rni vaqt o'tishi bilan o'zgardi. Xuddi shunday mashinalarning ham sizga nisbatan o'rni vaqt o'tishi bilan o'zgarganligi tufayli ularni harakatda degan xulosaga borasiz. Sinf devorining o'rni esa o'zgarmaydi. Bu harakatlarning hammasini mexanik harakat deb ataymiz Mexanik harakat deb, jismlarning vaqt o'tishi bilan fazoda joylashgan o'rnining boshqa jismlarga nisbatan o'zgarishiga aytiladi. Bu yerda biz boshqa jismlar deganda daraxtni, binoni, poyezd vagoni o'rindig'ini va h.k.larni tushunamiz. Jismning turgan o'rni mana shu tanlan gan jismga nisbatan vaqt davomida qaralganligidan uni sanoq jismi deb ataymiz. Tanlangan sanoq jismi bir jismga nisbatan harakatsiz bo'lsa, boshqa jismga nisbatan harakatda bo'lishi mumkin. Masalan, sanoq jism sifatida Toshkent dan Samarqandga borayotgan poyezdni olsak, unda odam poyezd vagoniga nisbatan harakatsiz bo'ladi. Lekin vagonning o'zi yerga nisbatan harakatda. Shu sababli jismlarning harakatini o'rganishda, albatta, sanoq jismi tanlanishi kerak. Jismlar harakatlanganda fazoda iz qoldiradi. Bu izlar ko'zga ko'rinishi yoki ko'rinmasligi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 687.4 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 687.4 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga