Jismlarning muvozanatda bo'lish shartlari

Jismlarning muvozanatda bo'lish shartlari

O'quvchilarga / Fizika
Jismlarning muvozanatda bo'lish shartlari - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 17-mavzu: Jismlarning muvozanatda bo'lish shartlari Uyning shiftiga osilgan qandil misolida qo'yilgan kuchlarni qaraylik (4.1- rasm). Buning uchun, avvalo, 6-sinfda o'rganilgan jismlarning massa markazi haqidagi tushunchani eslaylik. Massa markazi deyilganda jismning barcha massasi mujassam bo'lgan xayoliy nuqta tushuniladi. Shunga ko'ra jismga ta'sir etayotgan kuchlarni massa markaziga nisbatan olamiz. Osib qo'yilgan lampaga pastga yo'nalgan og'irlik kuchi ta'sir qiladi. Natijada uni tutib turuvchi ip tarang bo'lib tortiladi. Ipda hosil bo'lgan taranglik kuchi va og'irlik kuchi massa markazidan o'tuvchi to'g'ri chiziqda yotadi va yo'nalishi jihatidan qarama-qarshi bo'ladi. Bu kuchlar son qiymati jihatidan teng bo'ladi. Bu kuchlarni vektorlarni qo'shish qoidasiga binoan qo'shilsa, natijaviy kuch nolga teng bo'ladi. Shunga ko'ra lampa muvozanatda qo'ladi. Biror-bir jism qiya tekislikda muvozanatda turgan holni ko'raylik (4.2-rasm). Bunda jismga qo'yilgan kuchlarni massa markaziga nisbatan qaraylik. Jismga avvalo og'irlik kuchi mg→ ta'sir qiladi. Bu kuchni F1 va F→2 tashkil etuvchilarga ajrataylik. Bunda F→1 kuch jismni qiya tekislik bo'ylab pastga sirpantirishga harakat qiladi. F→2-kuch qiya tekislik yuzasiga beradigan bosim kuchini hosil qiladi. Bu kuch yuza tomonidan jismga reaksiya kuchi N→hosil bo'lishiga olib keladi. Jism sirpanishiga qarama-qarshi yo'nalishda ishqalanish kuchi F→3 ta'sir qiladi. Bu holda ham jismga ta'sir etayotgan barcha kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi xulosani chiqarish mumkin: Aylanish o'qiga ega bo'lmagan jism yoki jismlar sistemasi muvozanatda qolishi uchun unga ta'sir etayotgan kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lishi kerak. Muvozanat turlari. Agar biror jism muvozanatda turgan bo'lsa, uni doimo shunday holatda qoladi deb bo'lmaydi (4.3-rasm). Chunki real sharoitlarda unga tashqaridan tasodifi y turtkilar berilib turiladi. Bunday turtkilardan jismlarni to'la xoli qilishning imkoni yo'q. Muhimi shunday turtkilardan so'ng jism muvozanatda qoladimi yoki muvozanat buziladimi shuni bilish kerak. Buning uchun tashqi turtki vositasida muvozanat vaziyatidan chetlashgan jismga ta'sir etuvchi natijaviy kuch yo'nalishini aniqlash kerak. Hosil bo'ladigan natijaviy kuch yo'nalishiga ko'ra muvozanat uch turda bo'ladi. 1. Turg'un muvozanat. Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uni dastlabki vaziyatiga qaytaruvchi kuch hosil bo'ladigan muvozanatga turg'un muvozanat deyiladi (4.4-a rasm). Bunda yarim sfera ichiga qo'yilgan sharcha muvozanat vaziyatidan chetlashtirilganda, unga ta'sir etayotgan kuchlarning teng ta'sir etuvchisi uni yana muvozanat holatiga qaytaradi. 2. Turg'unmas muvozanat. Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uni dastlabki vaziyatidan uzoqlashtiruvchi kuch hosil bo'ladigan muvozanatga turg'unmas muvozanat deyiladi (4.4-b rasm). Bunda yarim sfera ustiga qo'yilgan sharcha muvozanat vaziyatidan chetlashtirilganda, unga ta'sir etayotgan kuchlarning teng ta'sir etuvchisi uni muvozanat holatidan yanada chetlashtiradi. 3. Farqsiz muvozanat. Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uning holatini o'zgartiradigan hech qanday kuch hosil bo'lmasa farqsiz muvozanat deyiladi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 625.73 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 625.73 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga