Jismlarning o'zaro ta'siri. Kuch

Jismlarning o'zaro ta'siri. Kuch

O'quvchilarga / Fizika
Jismlarning o'zaro ta'siri. Kuch - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Jismlarning o'zaro ta'siri haqida ma'lumot. Kuch. Ta'limiy: jismlarning o'zaro ta'sirlari haqida tushuncha berish,kuch degan fizik kattalik haqida dastlabki tasavvurlar hosil qilish, tabiatda va turmushda uchraydigan kuchlar haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy: O'quvchilarni faollikka,tartibli va intizomli bo'lishga o'rgatish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni ongini o'stirish,fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va fanga bo'lgan qiziqishni orttirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi Darsning jihozi: dinamometr,yuklar to'plami,magnit,temir buyumlar,plastilin,rezina,aravacha. Asosiy tushuncha va atamalar: - kuch; - kuch turlari,ishqalanish kuchi,og'irlik kuchi,elastiklik kuchi,elektr kuchlari,magnit kuchlari,tortishish kuchlari; - kuch birligi-Nyuton; - dinamometr; - o'zaro ta'sir; DARSNING BORISHI: O'quvchilar bilan salomlashish va davomatni aniqlash. YANGI MAVZU BAYONI: Bir jismning ikkinchi jismga ta'siri tufayli tezligi yoki shakli o'zgarishiga sabab bo'ladigan kattalik kuch deb ataladi. Tabiatda kuchlar turli ko'rinishda namoyon bo'ladi. Jismlarni yer o'ziga tortib turgani tufayli og'irlik kuchi paydo bo'ladi. Kuchni dinamometr deb ataladigan asbobda o'lchanadi. Tajriba: O'qituvchi dinamometrga ma'lum yukni osib,o'quvchilarni uning og'irlik kuchini o'lchab ko'rsatadi. Bir jism sirtida ikkinchisi harakatlansa,yuzalar g'adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi vujudga keladi. Ishqalanish kuchi jismning harakat yo'nalishiga qarama-qarshi yo'naladi va u ishqalanuvchi sirtlarning materialiga bog'liq bo'ladi. Tajriba: yog'och sirtiga yog'och brusokni dinamometr orqali harakatni kletiriladi,bu yog'och brusok metal sirt yuzasida harakatlantiriladi. Bu holda hosil bo'lgan ishqalanish kuchi haqida ma'lumot beriladi. Jism deformatsiyalanganda, ya'ni shakli va hajmi o'zgarganda elastiklik kuchi yuzaga keladi. Tajriba: prujina cho'ziladi yoki siqiladi,rezina cho'ziladi,shar siqiladi va h.k. Soch taralgandan so'ng,taroqni mayda yirtilgan qog'oz parchalariga yaqinlashtirilsa,ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. Yerning Quyosh atrofida,Oyning esa Yer atrofida harakatlanishining sababchisi,ular orasida tortishihs kuchlarining mavjudligidir. Kuch birligi sifatida 1 Nyuton (N) qabul qilingan. Fog'- og'irlik kuchi Fog'=mg bu yerda g=9,81 Nkg O'qituvchining jismlarning o'zaro ta'siri,kuch tushunchasi haqidagi suhbatidan so'ng o'quvchilar 4 ta guruhga bo'linadi: I guruhga - fikringizni bayon etish II guruhga- fikringizni bayoniga sabab ko'rsatish II guruhga-ko'rsatgan sababingizni asoslovchi misollar keltirish IV guruhga - fikrlarni umumlashtirish haqida olgan bilimlarini va ularga doir misollar topish vazifasi topshiriladi. Har bir guruhga oq qog'oz beriladi,guruhdagi o'quvchilar bilganlarini doskaga chiqib boshqa guruhlar bilan o'rtoqlashadilar. I GURUH: -kuch jism tezligini o'zgarishiga sababchi; -tabiatdagi kuchlar turlicha bo'ladi; og'irlik, ishqalanish,tortishish,magnit, elastiklik; -og'irlik kuchi jismni yerga tortadigan kuch; -ishqalanish kuchi jism holatiga qarshi yo'nalgan kuch; -elastiklik kuchi jism deformatsiyalanganda yuzaga keladi; -deformatsiya jismning shakli yoki hajmi o'zgarishi; -kuch F bilan belgilanadi; -kuch birligi 1 Nyuton -Yerning tortishish kuchi tufayli yuqoriga otilgan jism yerga qaytib tushadi; II GURUH: - kuch jismning shakli yoki tezligini o'zgarishiga sabab bo'ladi; - jismlarni yer o'ziga tortib turgani tufayli og'irlik kuchi paydo bo'ladi; - bir jism sirtida ikkinchi jism harakatlansa, yuzalar g'adir-budurligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.57 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.57 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga