Elektr zaryad. Elektr maydon Jismlarning zaryadlanishi 8-sinf fizika darsligi asosida 1-mavzu: Elektr hodisasi haqida dastlabki ma'lumotlar Plastmassadan yasalgan taroq yoki ruchkani sochingizga ishqalab, may-dalangan qog'ozga yaqinlashtiring. Ulaming qog'oz qiyqimlarini o'ziga tortganini ko'rasiz. Shisha tayoqchani qog'oz varag'iga ishqalab qo'limizga yaqinlashtirsak, chirsillagan tovush eshitiLadi, qorotig'ida esa mayda uchqimlar ko'rinadi. Bunday hodisalami insonlar qadim zamonlardayoq payqaganlar va ularga o'z munosabatlarini bildirishgan. Qadimgi yunon olimi Fales Miletskiy (mil. aw. 625-547) mo'ynaga ishqalangan ba'zi jismlar yengil narsalarni o'ziga tortishini yozib qoldirgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham elektr hodisalari haqida risolalar yozib qoldirgan. Juda qadim zamonlarda Yunonistonda o'sgan ignabargli daraitlar qoldig'ining toshga aylangan yelimi (smola) ni yunonlar «elektron» deb atashgan. Elektr so'zi ham shundan kelib chiqqan. Yunonlar «elektron» deb atashgan yelimni ruslar «yantar», sharq xalqlari esa «kahrabo» deb atashgan. Kahrabo so'zi forscha so'z bo'lib, somon tortuvchi ma'nosini anglatadi. Haqiqatan ham, mo'ynaga ishqalangan kahrabo somon bo'laklarini o'ziga tortadi. Ishqalan-gandan keyin boshqa jismlarni o'ziga tortadigan jism elektrlangan yoki elektr zaryadlangan jism deb ataladi. Elektrlangan jismlarga qattiq jismlar singari, boshqa holatdagi moddalar ham tortiladi. Masalan, elektrlangan tayoqcha mayda qog'oz bo'laklarini (1-a rasm), jildirab tushayotgan suvni ham o'ziga tortadi (1-b rasm). Shisha tayoqcha shoyiga ishqalanganda fkqat tayoqcha emas, shoyining o'zi ham yengil buyumlarni o'ziga tortish xossasiga ega bo'lib qoladi 1-d rasm). Demak, ikki jism bir-biriga ishqalanganda ularning har ikkalasi ham elektrlanadi. ABU RAYHON BERUNIY (973-1048) Geodeziya asoschisi sifatida dunyoga tanilgan buyuk astronom, matematik, geograf, farmakolog va tarixchi-qomuschi olim. U qadimiy Xorazmning Kot shahrida tug'ilgan. Beruniy modda tuzilishi, jismlarning zaryadlanishi, mod-dalarning joylashuviga Yer massa markazining ta'srri xususida Aristotel g'oyalarini ilmiy asoslagan. Oy krateri va Quyosli sistemasidagi 1986-yilda kashf qilingan kichik sayyoraga Beruniy nomi berilishi bobokalotiimizga bo'lgan dunyo ahlining e'tirofidir, Elektrlanishning ikki turi Turli xil jismlar o'zaro ishqalanganda ularning turli xil zaryadlanishi va turli xil ta'sirlashishi kuzatiladi. Masalan, ebonit tayoqchani1 mo'yna qo'l-qopga, shisha tayoqchani esa, shoyi matoga ishqalab zaryadlaymiz. Tayoqchalarni ipga osib, ularga qo'l-qopni yaqinlashtirsak, shisha tayoqcha qochadi, ebonit tayoqcha esa unga tortiladi (2-a rasm). Endi tayoqchalarga shoyi matoni yaqinlashtirsak, ak-sincha, shisha tayoqcha unga tortiladi, ebonit tayoqcha esa undan qochadi (2-b rasm). Shisha tayoqcha-ning mo'yna qo'lqopdan qochishi va ayni paytda uning shoyi matoga tortUishi jismlarning turli xil elektrlanishining natijasidir. Bir-biridan qochuvchi elektrlangan jismlarni bir xil ishorali, o'zaro torti-shuvchi jismlarni esa, har xil ishorali zaryadlangan deb atash qabul qilingan. Elektrlanishning ikki turi mavjud: shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha musbat (+) ishorali, mo'ynaga ishqalangan ebonit tayoqcha manfiy (-) ishorali elektrlanib qoladi. Bir xil ishorali elektrlangan jismlar bir-biridan itariladi, turli ishorali elektrlangan jismlar esa, ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
622.98 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:34
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
622.98 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:34 ]
Arxiv ichida: ppt