Jismning bir necha kuch ta'siridagi harakati

Jismning bir necha kuch ta'siridagi harakati

O'quvchilarga / Fizika
Jismning bir necha kuch ta'siridagi harakati - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 13-mavzu: Jismning bir necha kuch ta'siridagi harakati Nyutonning ikkinchi qonunini o'rganishda jismga faqat bitta kuch ta'sir etayotgan hol ko'rib chiqilgan edi. Nyutonning uchinchi qonunini o'rganishda jismlar ta'sirlashganda bir nechta kuchlar o'zaro ta'sirlashishini ko'rdik. Kundalik turmushda ham jismga faqat bitta kuch ta'sir etadigan hol kuzatilmaydi. Harakatlanayotgan jismlarga tortuvchi kuchdan tashqari ishqalanish kuchi ham ta'sir qiladi. Gorizontal sirtda turgan m massali jismga Ft tortuvchi kuch ta'sir qilayotgan bo'lsin. Bu paytda unga Fish ishqalanish kuchi ham ta'sir qiladi. Agar Ft Fish bo'lsa, jism harakatga keladi. Bunda jismning olgan tezlanishini aniqlash uchun qaysi kuchdan foydalanamiz? Bunda teng ta'sir etuvchi kuch tushunchasidan foydalaniladi. Teng ta'sir etuvchi kuch deyilganda jismga qo'yilgan barcha kuchlarning geometrik yig'indisi, ya'ni natijaviy kuch tushuniladi. Mazkur holda Tortuvchi kuch va ishqalanish kuchlarining vektor yig'indisini koordinata o'qlariga proyeksiyalar bilan almashtirib, algebraik yig'indisi olinadi. U holda jismga ta'sir etuvchi kuchlar o'zaro qarama-qarshi yo'nalganligidan uning moduli bilan aniqlanadi. Jismning olgan tezlanishi Nyutonning ikkinchi qonuniga ko'ra bilan aniqlanadi. Jismga bir nechta kuchlar ta'sir etadigan hol uchun ikkita masalani ko'rib chiqaylik. 1. Qiya tekislikka qo'yilgan jismning muvozanat sharti va tushish tezlanishini qaraylik (2.6-rasm). Bunda α - qiya tekislikning qiyalak burchagi. Qiya tekislik bilan unga qo'yil gan taxtacha orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti μ ga teng. Qiya tekislikda turgan taxtachaga og'irlik kuchi mg , normal reaksiya kuchi N → va qiya tekislik bo'ylab yuqoriga yo'nalgan tinch holatdagi ishqalanish kuchi Fishq. ta'sir qiladi. x o'qini qiya tekislik bo'ylab pastga yo'naltiramiz, y - o'qini tekislikka perpendikulyar yo'naltiramiz. Qiya tekislikda jism muvozanatda qolishi uchun unga ta'sir qiluvchi kuchlarning teng ta'sir etuvchisi nolga teng bo'lishi kerak: Bundan koordinata o'qlariga bo'lgan proyeksiyalar uchun tenglamalar sistemasini yozaylik: 1) x o'qi yo'nalishi bo'yicha mg sinα - Fishq. = 0; 2) y o'qi yo'nalishi bo'yicha - mg cosα + N = 0. Jism qiya tekislikda muvozanatda qolishi uchun Fishq.≥mg · sinα tengsizlik bajarilishi kerak. 2. Massasi hisobga olinmas darajada kichik bo'lgan ko'chmas blokka m1 va m2 massali yuklar osilgan (2.7-rasm). Agar m2 m1 bo'lsa, yuklarning harakatlanish tezlanishi va ipning tarangligi topilsin. Blokdagi ishqalanish kuchi va ipning massasi hisobga olinmasin. Har bitta yukka ikkita kuch ta'sir qiladi: og'irlik kuchi va ipning taranglik kuchi. Blokning va ipning massasi hamda ishqala nishni hisobga olmaslik haqidagi talab shuni anglatadiki, ipning har ikkala tomondagi tarang ligi bir xil bo'ladi. Uni T bilan belgilab olamiz. Yuklar uchun Nyutonning ikkinchi qonuni tenglamasini yozib olamiz: Ip cho'zilmas bo'lganligidan, yuklar ning ko'chish moduli va shunga muvofi q, tezlik va tezlanishlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 613.33 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 613.33 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga