Jismning og'irligi

Jismning og'irligi

O'quvchilarga / Fizika
Jismning og'irligi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 28-mavzu: Jismning og'irligi Fizikada og'irlik kuchidan tashqari og'irlik degan tushuncha ham mavjud. Jism og'irligi mohiyatini tushunib olish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazaylik. 1-tajriba. Osmaga mahkamlangan prujinaga m massali jism osaylik. Jismga pastga yo'nalgan Fog' = mg og'irlik kuchi ta'sir qiladi. Shu kuch ta'sirida prujina cho'ziladi, ya'ni deformatsiyalanadi. Buning natijasida Fel elastiklik kuchi vujudga keladi (90-rasm). Fog' og'irlik kuchi ta'sirida prujina cho'zila boshlagan sari, prujinaning avvalgi holatini saqlashga intiluvchi yuqoriga yo'nalgan Fel elastiklik kuchi orta boradi. Ma'lum uzunlikka cho'zilganidan keyin Fel elastiklik kuchi miqdor jihatdan Fog' og'irlik kuchiga tenglashib qoladi, ya'ni bu kuchlar muvozanatlashadi va prujinaga osilgan jism tinch holatga keladi. Jismning tinch holatida osmaga Fog' og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi. Bu kuch prujinaga osilgan jismning og'irligidir. 2-tajriba. Prujina ustiga o'rnatilgan tayanchga muayyan m massali jismni qo'yamiz. Shu zahoti prujina siqila boshlaydi, ya'ni deformatsiyalanadi. Natijada, Fel elastiklik kuchi namoyon bo'la boshlaydi. Elastiklik kuchi ortib, jismning og'irlik kuchiga miqdor jihatdan tenglashganda prujinaning siqilishi to'xtaydi va jism tinch holatga o'tadi. Jismning tinch holatida tayanchga Fog' og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi (91-rasm). Bu kuch prujina ustidagi tayanchga qo'yilgan jismning og'irligidir. Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta'sir etadigan kuchi jismning og'irligi deb ataladi va P harfi bilan belgilanadi. Og'irlik tushunchasini og'irlik kuchi tushunchasi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Ularning bir-biridan farq qiladigan ikki jihatini bilib olish lozim. Birinchidan, og'irlik kuchi - bu jismning Yerga tortilish kuchi, og'irlik esa jismning tayanchga (92-rasm) yoki osmaga (90-rasm) ko'rsatayotgan ta'sir kuchi. Ikkinchidan, og'irlik kuchi jismning vertikal yo'nalishdagi tezlanishiga bog'liq emas, ya'ni ma'lum bir joy uchun o'zgarmasdir. Og'irlik esa jism faqat tinch holatda turganda yoki vertikal tekis harakatdagina o'zgarmasdir. Jism vertikal yo'nalishda o'zgaruvchan harakat qilganda og'irlik o'zgaradi. Masalan, 1-tajribadagi prujinaga osiladigan jismning massasi 100 g, ya'ni 0,1 kg bo'lsin. U holda jismning og'irlik kuchi Fog' = 0,1 ⋅ 9,8 N = 0,98 N ≈ ≈ 1 N. Bu kuch jism prujinaga osilganda ham, prujina cho'zilayotganda ham, tinch holatga kelganda ham o'zgarmaydi. Lekin og'irlik 0 qiymatdan 1 N ga qadar ortib boradi. Jism prujinaga osilgan vaqtning o'zida jismning prujina osilgan osmaga ta'siri bo'lmaydi, ya'ni jismning og'irligi 0 ga teng bo'ladi. Qisqa vaqt ichida prujina cho'zila boradi va jismning osmaga ta'siri orta boradi, ya'ni jismning og'irligi 0 dan 1 N ga qadar o'zgaradi. Prujina cho'zilib bo'lgach, ya'ni jism muvozanat holatga kelganida, uning og'irligi 1 N ga teng bo'ladi. 2-tajribada ham shunday holat yuz beradi. Turmushda massa o'rniga ko'proq og'irlik tushunchasi qo'llaniladi. Masalan, bozorda tarozi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 713.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 713.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga