Jismning tekis aylanma harakati

Jismning tekis aylanma harakati

O'quvchilarga / Fizika
Jismning tekis aylanma harakati - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 15-mavzu: Jismning tekis aylanma harakati TEKIS AYLANMA HARAKAT Biz shu vaqtgacha trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lgan harakatni o'rgandik. Jismning trayektoriyasi to'g'ri chiziq bo'lmagan har qanday harakati egri chiziqli harakatdir. Egri chiziqli harakatlarning eng sodda ko'rinishi esa aylanma harakat bo'ladi. Aylanma harakat haqida tushunchalarga ega bo'lishimiz eng mayda zarracha - elektronlardan tortib sayyoralarning o'z orbitalari bo'yicha aylanma harakatlarini tahlil qilishda, turmushimizda foydalanadigan ko'plab asboblarning aylanma harakat qiladigan qismlarini o'rganishda yordam beradi. Ushbu bobda jismning tekis aylanma harakati bilan tanishamiz. Tekis aylanma harakat haqida tushuncha Soat millari uchining, bir xil tezlikda ketayotgan velosiрed yoki avtomobil g'ildiragining, ishlayotgan ventilyator parragining harakatini tekis aylanma harakat deyish mumkin. Eslatib o'tamiz, tekis deganda yo'nalish bo'yicha tekis emas, vaqt o'tishi davomida bir xil tezlikni tushunishimiz kerak. Agar moddiy nuqta aylana bo'ylab ixtiyoriy teng vaqtlar orasida teng uzunlikdagi yoylarni bosib o'tsa, bunday harakat tekis aylanma harakat deyiladi. Moddiy nuqtaning aylana bo'ylab harakati deganda, aylanma harakat qilayotgan jismning biror nuqtasi ko'zda tutiladi. Masalan, soat milining ma'lum bir nuqtasini, aytaylik, uchini moddiy nuqta deb qarash mumkin. Velosiрed yoki avtomobil g'ildiragining o'qidan ma'lum bir uzoqlikdagi nuqtasini ham moddiy nuqta deb olsa bo'ladi. Bunda g'ildirakning aylanma harakati yerga nisbatan emas, balki velosiрed yoki avtomobil korpusiga nisbatan qaraladi. Aylanma harakatda jismning aylanish o'qidan turli uzoqlikdagi nuqtalari ma'lum Δt vaqt davomida turli uzunlikdagi Δ˘s yoylarni bosib o'tadi. Chiziqli tezlik va burchak tezlik 46-rasmdan ma'lum Δt vaqt ichida jismning A nuqtasi Δ˘s yoyni, A1 nuqtasi Δ˘s1 ni, A2 nuqtasi esa Δ˘s2 yoyni bosib o'tishi ko'rinadi. Bu nuqtalarning vaqt birligida bosib o'tgan masofalari, ya'ni tezliklari har xildir. Aylanma harakat qilayotgan moddiy nuqtaning vaqt birligi ichida yoy bo'ylab bosib o'tgan yo'liga son jihatdan teng bo'lgan kattalikka chiziqli tezlik deyiladi. Jism R radiusli aylana bo'ylab tekis harakat qilayotgan bo'lsin (47-rasm). Agar jism biror Δt vaqt ichida A nuqtadan B nuqtaga ko'chsa, aylana markazidan shu A nuqtaga o'tkazilgan R radius Δφ burchakka buriladi. Bu burchak burilish burchagi deyiladi. Aylanayotgan nuqtaning aylana markazidan uzoq-yaqinligidan qat'i nazar burilish burchagi bir xil bo'ladi. Burilish burchagi radian (rad) yoki gradus (°) birliklarida o'lchanadi. Bir radian shunday burchakki, bunday burchak qarshisidagi yoyning uzunligi shu aylananing radiusiga teng. Ya'ni Δ˘s = R da Δφ = 1 rad bo'ladi (48-rasm). 1 radian taqriban 57 gradusni tashkil etadi, ya'ni 1 rad ≈ 57°. 48-rasmdagi R radius 2 radianga burilsa, Δφ ≈ 114°, 3 radianga burilsa, Δφ = 172° bo'ladi. Radius R yarim aylanaga, ya'ni 180° ga burilishi Δφ = 3,14 rad = π ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga