Joul - Lens qonunining amaliy tatbiqlari

Joul - Lens qonunining amaliy tatbiqlari

O'quvchilarga / Fizika
Joul - Lens qonunining amaliy tatbiqlari - rasmi

Material tavsifi

Joul-Lens qonunining amaliy tatbiqlari 8-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu: XIX asrning birinchi yarmida angliyalik olim JJoul va rus olimi E.Lens tomonidan o'tkazgichdan tok o'tganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun yaratildi. 89-rasmda ushbu qonunni amalda tekshirish qurilmasining ko'rinishi berilgan. Dastlab ma'lum R qarshilikli o'tkazgichdan I tok o'tkazilganda undan Q issiqlik ajralib chiqqan. Spiraldan o'tayot-gan tokning o'tish vaqtini oshirsak, undan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori ham ortadi. Xuddi shuningdek, o'tkazgich (spiral) qarshiligi yoki undan o'tayotgan tok kuchini orttirib, o'tkazgichdan ajralib chiqqan issiqlik miqdori quyidagi munosabatda bo'lishi tajribada isbotlangan: Bu qonun elektr energiyasining issiqlik ener-giyasiga aylanishini ko'rsatishi bilan ham katta amaliy ahamiyatga ega. Quyida shu qonuniyat asosida ishlaydigan qurilmalar bilan tanishamiz. Barcha elektr isitish asboblariaing ishlash prinsipi elektr toki o'tganda o'tkazgichlarning qizishiga asoslangan. Ularning hammasida shakli turlicha bo'lgan qizdirish elementi o'rnatiladi (90-rasm). Qizdirish elementi solishtirma elektr qarshiligi katta bo'lgan va 100-1200 °C temperaturaga bardosh bera oladigan o'tkazgichdan yasaladi. Tokning issiqlik ta'siridan turmushda elektrisitgich (plita), dazmol, elektr choynak kabi elektr isitish asboblarida, shuningdek, elektr payvandlagichlarda ham keng foydalaniladi. Dazmol shunday ishlash prinsipiga asoslangan qurilmalardan biri hisoblanadi. Qizdirish elementi qiziganda metall plastina ham qiziydi. Metall plastina og'ir, ostki qismi silliq qihb yasaladi. Bugungi kunda ishlatilayotgan dazmollar o'ylab topilgunga qadar qizdirgich sifatida olov (yongan ko'mir) dan foydalanishgan (91-a rasm). Bimday dazmollarning metall plastinalari cho'g' yordamida qizdirilgan. Hozirgi paytdagi dazmollar elektr energiyasi yor­damida qizdiriladi (91-b rasm). Bunday dazmollar metall qoplama-truba ichiga joylashtirilgan qizdirish elementi (ten) yordamida qizdiriladi. Kundalik turmushda juda ko'p qo'llaniladigan elektr isitish asboblaridan ba'zilari 92-rasmda tasvirlangan. Keyingi paytlarda sovitgich va isitgich sifatida zamonaviy konditsionerlar keng qo'llanilmoqda (92-a rasm). Isitish moslamalarida qizdirish elementi bevosita suyuqlikni isitadi, suyuqlik esa issiqligini yupqa metall qoplama orqali atrofga uzatadi (92-b rasm). Elektr kavsharlagich Elektr asboblarni ta'mirlashda elektr kavsharla­gich (poyalnik) keng qo'llaniladi. Elektr kavsharlagichlarning umumiy ko'rinishi 91-a, b rasmda tas­virlangan. Kavsharlagichning qizigan uchi kavshar qotishmasini erita oladi. Uning yordamida eritilgan qotishma bilan elektr asboblardagi uzilgan kon-taktlar ulanadi. Qalin metallarni kesish va payvandlash ishlarida ham o'tkazgichdan katta miqdorda tok o'tganda ulardan ajralgan issiqlik miqdori hisobiga amalga oshiriladi. Ushbu prinsip asosida metallarni bir-biriga pay­vandlash mumkin. Bunda metall sirti va payvandlovchi elektrod uchida kuchli elektr yoy hosil qilinadi. Elektr yoyida vujudga kelgan yuqori temperatura metallarni eritadi (93-d rasm). O'tkazgichlardan elektr toki o'tganda ulardan issiqlik ajralib chiqishi hodi-sasiga asoslangan qurilmalardan yana biri suvqaynatgichdir. Bularda isitgich elektr choynak ichiga mahkamlangan bo'ladi (94-rasm). Suv isitgich ichida ingichka nixrom spiral bo'lib, uning atrofini elektr tokini o'tkazmaydigan, lekin issiqlikni yaxshi o'tkazadigan kukun o'rab turadi. Kukun suvda barqaror bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga