Juft kuchlar nazariyasi

Juft kuchlar nazariyasi

O'quvchilarga / Fizika
Juft kuchlar nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

1 Juft kuchlar nazariyasi Reja: 1. Juft kuch va uning momenti. 2. Juft kuch momentining vektorligi. 3. Juft kuchlarni qo'shish. 4. Juft kuchlarni muvozanat shartlari. 5. Juft kuchlar sistemasi. Tayanch iboralar va atamalar: juft kuch, juft kuchlar sistemasi, juft yelkasi, juftning ta'sir tekisligi. 2 Miqdorlari teng, o'zaro ma'lum oraliqda parallel va qarama-qarshi yo'nalgan ikki kuchdan iborat sistema juft kuch deb ataladi (4.1-rasm). Juft kuch yotgan tekislik juftning ta'sir tekisligi deb ataladi. Juft kuch tashkil etuvchi kuchlarning ta'sir kuch chiziqlari orasidagi eng qisqa masofa juft yelkasi (d) deb ataladi. Juft kuch jismni juft tekisligiga perpendikulyar o'q atrofida burishga intiladi. Juft kuchni biror kuch bilan almashtirib bo'lmaydi, binobarin, juft kuch teng ta'sir etuvchiga ega bo'lmaydi. Demak, juft kuch teng ta'sir etuvchisi bo'lmagan va muvozanatlashmaydigan kuchlar sistemasidan iborat. 3 Juft tuzuvchi kuchlardan biri bilan juft yelkasning ko'paytmasi juft momenti deyiladi. U quyidagicha yoziladi: M = ± Fd (4.1) Juft kuch jismni soat strelkasiga qarshi aylantirmoqchi bo'lsa, uning momenti musbat, aks holda manfiy deb olinadi. 4 5 6 Juft kuchning jismga ta'siri asosan uch faktor bilan aniqlanadi: 1. Juft momentinning miqdori; 2. Juftning ta'sir tekisligi; 3. Mazkur tekislikning burilish yo'nalishi. Bir tekislikda yotmaydigan juftlarni ko'rganimizda, har bir juftning jismga ta'sirini aniqlash uchun yuqoridagi uchta faktor berilishi zarur. Mazkur faktorni fazoda bitta vektor, ya'ni juft momentining vektori orqali ifodalash mumkin. Moduli (4.1) dan aniqlanadigan vektor juft momenti vektori deyiladi. U juft tekisligiga perpendikulyar bo'lib, uning uchidan qaralganda jism har doim soat strelkasiga qarshi aylanadi (4.1-rasm). 7 4.3-rasm. 8 9 10 11 12 Takrorolash uchun savollar 1.Juft kuch va juft momenti nima? 2.Juft momenti vektori qanday yo'nalgan va uning miqdori nimaga teng? 3.Qanday shart bajarilganda ikkita juft ekvivalent bo'ladi? 4. Fazoda joylashgan juftlar qanday qo'shiladi? 5. Tekislikda joylashgan juftlar qanday qo'shiladi? 6. Juft momenti erkin vektorligihaqidagi teoremani ta'riflang. 7. Fazodagi juftlar muvozanat sharti qanday? 8. Tekislikdagi juftlar muvozanat sharti qanday? 13 E'tiboringiz uchun rahmat!! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga