Karbyuratorli dvigatellar uchun yonilg'ilar va ularning ximmotologiyasi Reja: 1. Benzin sifatiga qo'yiladigan ekspluatag'ion talablar. 2. Benzinlarning asosiy xossalari. 3. Detonatsion yonishning kelib chiqish sabablari. 4. Oktan soni va uni aniqlash. 5. Benzin markalari. Karbyurator dvigatellari uchun turli sort va markadagi benzinlar asosiy yonilg'i hisoblanadi. Benzinlar oson bug'lanadigan yonuvchi suyuqlikdir. Ularda massasi bo'yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod va juda oz miqdorda kisdorod, azot va oltingugurt bo'ladi. Benzinlarning zichligi 0,712-0,742 gG'sm3, yonganda chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJG'm3. Zichligi nisbatan katta va yonganda ko'p issiqlik ajralib chiqqanligi uchun yonilg'ining bu turi bilan ishlaydigan avtomobillar ancha katta yurish yo'liga ega ekanligi (400 km va undan ortiq) bilan farq qiladi. Dvigatel hosil qiladigan quvvat, uning tejamkorligi, ishonchli va samarali ishlashi ko'p jihatdan tanlanadigan benzinning hossalariga bog'liq bo'ladi. Benzin quyidagi ekspluatag'ion talablarga javob berishi kerak. 1) karbyuratsion hossalari yuqori bo'lishi, yani barcha rejimlarda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va barqaror ishlashini ta'minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilish kerak; 2) yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo'lishi, yani har qanday ish rejimida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi lozim; 3) yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli darajada yuqori bo'lishi zarur; 4) baklarda, yonilg'i berish apparatlarida smolalar hamda dvigatelning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum hosil qilishi zarur; 5) uzoq saqlanganda ham hossalari o'zgarmasligi uchun yuqori barqarorlikka ega bo'lishi kerak; 6) rezervuarlar, baklar, trubalarni korroziyalamasligi, uning yonish mahsullari esa dvigatel detallarini korroziyalamasligi lozim. Asosiy xossalari. Fraksion tarkibi. Fraksion tarkibi benzinning bug'lanishi, yani karbyuratorda tayyorlangan yonuvchi aralashmaning sifati haqida fikr yuritish imkonini beradi. Fraksion tarkib benzinning umumiy hajmi va malum temperaturada haydaladigan benzin hajmi (protsentda) orasidagi bog'liqlikni belgilaydi. Neftdan olingan barcha yonilg'ilar turli qaynash temperaturasiga ega bo'lgan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Yonilg'ining bug'la-nuvchanlik hossasi uning fraksion tarkibi bilan baholanadi. Fraksion tarkib maxsus asbobda 100 ml yonilg'ining qizdirib aniqlanadi. Idishga 100 ml yonilg'i olib haydash kolbasida qaynatiladi va bug'ga aylantiriladi. Bug'lar sovutilib, yana suyuqlikka aylantiriladi va o'lchov silindriga yig'iladi. Har o'n ml yonilg'i bug'langandan keyin harorat yozib boriladi. Yonilg'ining eng yengil fraksiyalari birinchi qaynay boshlaydi va bug'ga aylanadi. Yonilg'ilarning frakg'ion tarkibini aniqlash asbobi. 1-gaz garelkasi 2- xaydash kolbasi 3- kojux 4- termometr Suyuqlikning bug'lanish jarayoniga uning qovushqoqligi, zichligi, yuza tarangligi ta'sir ko'rsatadi, bu jarayon asosan haroratga bog'liq. Benzin ko'p fraksiyali suyuqlikdir, shu sababdan uning muayyan qaynash harorati bo'lmaydi, ammo suv, spirt va atsetonning qanday haroratda qaynay boshlashini aniq aytish mumkin. Benzin tarkibidagi yengil fraksiyalar atmosfera bosimi ta'sirida 30-400S dayoq qaynay boshlaydi, og'ir fraksiyalar esa 165-2050S dagina qaynaydi. 10% benzinning bug'lanishiga sabab bo'lgan harorat (t10) uning yurgizib ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
545.24 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
545.24 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:34 ]
Arxiv ichida: doc