Karno sikllari Reja: Karnoning to'g'ri sikli Ekvivalentli Karno sikli Umumlashtirilgan (regenrativ) Karno sikli Karnoning teskari sikli Issiqlikni ishga aylantirish uchun to'xtovsiz ishlaydigan mashinalarda issiqlik manbai (issiqlik olish uchun) va sovuqlik manbai (ishga aylanmay qolgan issiqlikni olish uchun) bo'lishi lozim. Bitta T1 issiqlik va bitta T2 sovuqlik manbai bo'lgan oddiy holni ko'rib chiqamiz. Bu sharoitda qaytuvchi siklni yaratishning birdan - bir imkoniyati quyidagilardan iboratdir. Issiqlikni issiqlik manbasidan ishchi tanaga izotermik (yani haroratini o'zgartirmay) berish kerak. Boshqa hamma hollarda ishchi tananing harorati, manba harorati T1 dan kichik bo'ladi. yani ular orasidagi issiqlik almashinish teng salmoqli bo'lmaydi. Ishchi tanani issiqlik holatidan sovuq manbaning T2 haroratigacha, boshqa tanalarga issiqlik bermay teng salmoqli sovutish uchun faqat adiabatik kengayishda ish sodir qilish yo'li bilan amalga oshirish mumkin. Shunday tasavur bilan ishchi tanadan issiqlikni sovuq manbaga berish jarayoni ham izotermik, ishchi tanani haroratini T1 dan T2 gacha ko'tarish jarayoni ham adabitik siqish bilan ish bajarish orqali bo'lishi kerak. Ikkita izotermik va ikkita adiabatik sikldan tashkil topgan jarayon Sadi Karno sikli deb nomlanadi. Shu sikl yordamida 1824 yil S.Karno issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirish asosiy qonunini yaratdi. Karno siklini issiqlik mashinalarida amalga oshirishni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Ishchi tana (gaz) boshlang'ich o'lchamlari bilan a nuqtada harakaterlanib porshen ostidagi silindrga joylashgan. Bunda silindrning devorlari va porshen issiqlikni absolyut o'tkazmaydi. Ammo issiqlik silindrning asosi orqali berilishi mumkin. Karnoning to'g'ri sikli silindrni issiq issiqlik manbai bilan to'tashtiramiz. Gaz T1 haroratida a hajmdan v hajmgacha izotermik kengayib issiqlik manbaidan quyidagi issiqlikni oladi q1=T1(S2-S1). «v» nuqtaga kelganda issiqlik berishni tugatamiz va tsilndrni issiqlik izolyatoriga qo'yamiz. Bunda ishchi tananing keyingi kengayishi adiabatik bo'ladi. Kengayishdagi ish bunda faqat ichki energiya hisobiga amalga oshadi. Buning natijasida gazning harorati T2 gacha tushadi. Endi tanani birinchi holatga keltiramiz. Buning uchun avvalo silindr harorati T2 bo'lgan sovuq manbaga joylashtiramiz va ishchi tanani izoterma bo'yicha cd gacha sikamiz. Bunda l2 ish bajariladi va bunda pastki manbaga ishchi tanadan q2=T2(S2-S1) issiqlik chiqariladi. So'ngra silindrni yana issiqlik izolyatoriga joylashtiramizda keyingi siqishni adiabatik sharoitda o'tkazamiz. da chizig'i bo'yicha siqishga ketgan ish ichki energiyani oshirishga ketadi. Buning natijasida gazning harorati T1 gacha oshadi. Shunday qilib, sikl davomida har bir qilogram gaz issiqlik manbaidan q1 issiqlikni oladi, q2 issiqlikni sovuq manbaga berib Lts ish bajaradi. Karno siklining termik foydali ish koeffitsiyenti ushbu formula bilan aniqlanadi: Bundan shunday xulosa qilish mumkin. 1) Karno siklining termik FIK faqat issiq va sovuq manbalarning absolyut haroratiga bog'liq ekan. 2) Karno siklining FIK T1 issiqlik manbaning harorati ortishi va T2 ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:34 ]
Arxiv ichida: doc