Katta tok va kuchlanishlarni o'lchash

Katta tok va kuchlanishlarni o'lchash

O'quvchilarga / Fizika
Katta tok va kuchlanishlarni o'lchash - rasmi

Material tavsifi

Katta tok va kuchlanishlarni o'lchash Reja: 1. Masshtabli o'zgartirgichlarni qo'llash 2. Tok va kuchlanishlarni o'lchashning elektromagnit usullari 3. Katta toklarni yadroviy magnit rezonansi (YaMR) usulida o'lchash 4. Komporatsiya usuli 5. Kuchlanishni zaryadlangan zarrachalarni tezlashtirish usuli bilan o'lchash 1. Masshtabli o'zgartirgichlarni qo'llash Katta kuchlanishlar (10 MVgacha) va toklar (1-2 MA) o'zgarmas, o'zgaruvchan (50 Gts) yoki impulsli bo'lishi mumkin. Katta o'zgarmas toklarni o'lchash uchun past Omlik manganin shuntlar qo'llaniladi. Katta tokka mo'ljallangan shuntlarni tayyorlash va sinash noqulay. Shuning uchun shuntlarni parallel ulash usulidan foydalaniladi. Shuntlarning potentsial chiqishlari ikki umumiy nuqtaga muvozanat qarshiliklari (ri va r'i) orqali tutashtirilib, chiqish kuchlanishi (U) ni hosil qiladi. Bu chizma (1-rasm) uchun qo'yidagi tenglamalar sistemasini yozish mumkin: . (1) Bundan qo'yidagi ifodani olamiz: . (2) Muvozanat qarshiliklari shartlari bajariladigan qilib tayyorlanadi. Malumki . (5) Unda . (6) Kirxgof qonuniga ko'ra . (7) Natijada, agar U kuchlanish muvozanatlash usulida o'lchanayotgan bo'lsa quyidagi ifodaga ega bo'lamiz: . (8) Ko'rinib turibdiki, har bir shuntdagi kuchlanish tushishining yig'indisi o'lchanayotgan tokka proportsional. Impulsli va o'zgaruvchan katta toklarni o'lchashda induktivligi o'ta kam bo'lgan shuntlardan foydalaniladi. Oddiy shuntning ekvivalent almashtirish chizmasida (2-rasm) induktiv va sig'im qarshiliklari ham bor. Sig'imning kichikligi uni etiborga olmaslik uchun imkon bersa, induktivlikni albatta etiborga olish kerak. Bir necha megagertslik toklar va impulslar uchun shuntning induktivligi L sezilarli bo'ladi. Uni kamaytirish uchun bifilyar yoki koaksial shuntlar ishlatiladi. Bifilyar shuntning konstruksiyasi 3 - rasmda keltirilgan. 4-rasmda keltirilgan shaybasimon koaksial shunt eng katta chastotaviy oraliqqa ega (1GGts). Tokoprovod 1 dan kelgan tok I shaybasimon rezistiv element 2 da hosil qilgan kuchlanish tushishi shtepsel 3 dan olinadi. Katta kuchlanishlarni masshtabli o'zgartirgichlar bilan o'lchashda kuchlanish bo'lgichlari va qo'shimcha qarshiliklardan foydalaniladi. 100 kV gacha bo'lgan kuchlanishlarni o'lchashda polietilen quvurga solingan qo'shimcha qarshiliklar zanjiridan foydalaniladi. Quvur transformator moyiga joylashtiriladi va o'tish jarayonlaridagi o'ta kuchlanishlarni tekis taqsimlash maqsadida kondensatorlar bilan shuntlab qo'yiladi (5- rasm). Kuchlanish bo'lgichlari yuqori o'zgarmas, impulsli va o'zgaruvchan kuchlanishlarni o'lchashda qo'llaniladi. Bunday bo'lgichning bo'lish koeffitsiyenti: K=(Ryu+Rp)Rp (9) Bu yerda Ryu - yuqori kuchlanishli elkaning va manbaning umumiy qarshiligi; Rp - past kuchlanishli elkaning va voltmetrning umumiy qarshiligi. Kuchlanish bo'lgich(KB)larida (6-rasm) qarshiliklarning xususiy sig'imlari sezilarli xatolik kiritadi. Bundan tashqari, qarshiliklarning qizishi va toj yoyining paydo bo'lishi isroflar va xatolikka olib keladi. Kuchlanish bo'lgichlarining aso-siy xatoligi 1-2% dan oshmaydi. Katta kuchlanishlarda rezis-torlarning yerga nisbatan xususiy sig'imlari (Ser) kuchlanish bo'lgich-larning chastotaviy xarakteristikalarini yomonlashtirib, ular-ning zaryad toklari kuchlanishni KB bo'yicha notekis taqsimlanishiga olib keladi. Sigimlarning salbiy ta'sirini kamaytirishi uchun shuntlovchi parallel sigimlar (Sp) joylashtiriladi. Bunday kuchlanish bo'lgichlar rezistiv-sig'imli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 717.05 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 717.05 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga