Kеngayish tеrmomеtrlari Reja: 1.Suyuqlikli shisha termometrlar 2.Dilatometrik termometrlar 3.Bimetalli termometrlar. Tayanch iboralar: Termometrik moddalar, kengayish termometrlari, dilatometrik va bimetall termometrlar. 1.Suyuqlikli shisha termometrlar Harorat o'zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmi yoxud chiziqli o'lchamlarining o'zgarishiga asoslangan termometrlar kengayish termometrlari deb ataladi. Kengayish termometrlari suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlarga bo'linadi. Suyuqlikli shisha termometrlar -200 С dan +750 С gacha oraliqdagi haroratni o'lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi etarli darajada yuqori va arzon bo'lganligi sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o'rnatilgan termometr suyuqligining hajmi harorat kutarilishi yoki pasayishida o'zgarishiga asoslangan. Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti, kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo'llanish chegaralari 1-jadvalda ko'rsatilgan. Suyuqlikli (shisha) termometrlar orasida eng ko'p tarqalgani simobli termometrlardir. Simob kengayish koeffitsientining kichikligi termometriya nuqtai nazaridan uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning Issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Bu koeffitsient quyidagi formula orqali aniqlanadi: , 1град, (1) bu erda va - suyuqlikning t1 va t2 haroratlardagi hajmi; v0 - shu suyuqlikning 0 С dagi hajmi; koeffitsient qancha katta bo'lsa, hajmiy kengayish haroratining 1С ga o'zgarishiga shuncha ko'proq moslashadi. Texnikada qo'llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1.Ko'rsatishlariga to'zatish kiritilmaydigan termometrlar: a) simobli termometrlar (- 35 dan + 600С gacha); b) organik suyuqlikli termometrlar (- 200 dan + 200 С gacha). 2.Ko'rsatishlariga pasportga binoan to'zatish kiritiladigan termometrlar: a) aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (- 35 dan + 600 С gacha); b) aniq o'lchovlarga mo'ljallangan simobli termometrlar (0 dan + 500 С gacha); v) organik suyuqlikli termometrlar (- 80 dan + 100 С gacha). Termometrlarga solinadigan suyuqliklar 1-jadval Tayoqcha shaklidagi termometr qalin devori, tashqi diametri 6 …8 mm ga teng qilib tayyorlangan kapillyar naychadan iborat. Ularning shkalasi bevosita kapillyarning sirtiga darajalanadi. Shkalasi ichiga o'rnatilgan termometrlarda kapillyar naychasi ingichka devorli bo'lib, simob rezervuari kengaytirilgan. Shkala darajasi yassi shisha plastinada joylashgan. Xozirgi vaqtda shkalasi ichiga o'rnatilgan yoki burchakli texnik termometrlar ishlab chiqiladi. Yuqori darajali termometrlarda kapillyardagi suyuqlik ustidagi to'liq inert gaz bilan to'ldiriladi. Haroratning ma'lum darajada saqlanishi avtomatik ta'minlash va uning ma'lum qiymatini signalizatsiya qilish uchun elektr kontaktli termometrlar qo'llaniladi. O'lchash hatolariga sabab bo'ladigan eng asosiy faktorlardan biri nol nuqtasining o'zgarishi hamda termometrning o'lchanayotgan muhitga kirish chuqo'rligining har xilligidir. Termometrni o'lchanayotgan muhitga to'liq kiritib bo'lmasligi, unda uning rezervuari va suyuqlik ustuni turli haroratda bo'ladi. Chiqib turgan ustunga to'zatma quyidagi formula bo'yicha kiritiladi. , (2) n - chiqib turgan ustundagi darajalar soni; - shishadagi suyuqlikning kengayish koeffitsienti, 1 (0C; ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
983.21 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
983.21 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:34 ]
Arxiv ichida: doc