Kichik tok va kuchlanishlarni o'lchash Reja: 1. Umumiy ma'lumotlar 2 Kichik tok, zaryad va kuchlanishlarni o'lchashning bevosita kuchaytirib olish usullari 1. Umumiy ma'lumotlar Bu masala kichik signalli sezgir elementlar (datchiklar) bilan ishlashda paydo bo'ladi. Har xil fizikaviy kattaliklarni elektr signaliga o'zgartiruvchi termoelektrik, pezoelektrik, tenzometrik ionizatsiya datchiklari, biopotentsiallar shunga kiradi. Tokning kichik qiymatlari: 10-18 dan 10-5 Ampergacha, kuchlanishlarniki: 10-10 dan 10-5 Voltgacha, elektr miqdoriniki: 10-12 dan 10-5 Kulongacha hisoblanadi. Asosan chastotasi 1 Gts dan past kichik signallar o'lchanadi. Kichik signallarni o'lchash usullarining ko'pi o'lchanayotgan signalni dastlab kuchaytirib olishga asoslangan. Bunda fotogalvanometrik (elektromexanik) va elektron (spektrni o'zgartirmasdan va yoki o'zgartirib) kuchaytirgichlar ishlatiladi. Barcha usullarning tasnifi (sinflanishi) 1-rasmda keltirilgan. Magnitoelektrik va elektromagnit galvanometrlar bilan kichik signalni bevosita o'lchash usuli ham mavjud. O'ta kichik tok va kuchlanishlarni o'lchashda Djozefson effektiga asoslangan usullar ham qo'llaniladi. Kichik signalni o'lchashdagi asosiy to'siqlar o'lchov asbobining ichki shovqinlari va tashqi xalaqitlar (pomexa) bilan bog'langan. Shuning uchun ularni o'lchashda tor oraliqli kuchaytirgichlar va spektrni o'zgartiruvchi (modulyatsiya va demodulyatsiya) usullar keng qo'llaniladi. Bunday usullarning mohiyati va ularning samaradorligi ushbu va kelgusi boblarda batafsil yoritilgan. Kichik toklar, kuchlanishlar va zaryadlarni yoki elektrlanish miqdorini o'lchashda qo'llaniladigan usullarning tasnifi quyida keltirilgan. 2 Kichik tok, zaryad va kuchlanishlarni o'lchashning bevosita kuchaytirib olish usullari Mahlumki, xatolikni kamaytirishning asosiy yo'llaridan biri - kirish va chiqishlar orasiga manfiy teskari aloqa kiritishdir. Bunday aloqani faqat kuchaytirgichni qo'llab kiritish mumkin. Kuchaytirgich va teskari aloqa zanjiridan tashkil topgan yopiq kontur katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo'lsa, kuchaytirish koeffitsiyentining aniqligi butunlay teskari aloqaning aniqligi bilan belgilanadi. Muayyan teskari aloqalar yordamida kerakli kirish va chiqish qarshiliklarining qiymatlari ham tahminlanadi. O'lchash asbobi o'lchanayotgan obhektga iloji boricha kam tahsir qilishi uchun uning kirish qarshiligi kuchlanishni o'lchashda katta, tokni yoki zaryadni o'lchashda esa kichik qiymatlarga ega bo'lishi tahminlanadi. Kichik chiqish qarshiligi, odatda, keyingi o'zgartirgichlarning ishi qulay va samarador bo'lish uchun kerak. Kuchlanishni kuchaytirish uchun quyidagi chizmalardan foydalaniladi: Bu yerda operatsion kuchaytirgichlar (OK) dan foydalanilgan. OK lar o'zgarmas tok kuchaytirgichi hisoblansada, o'zgaruvchan toklarni ham (chastotasi bir necha yuz kilogertsgacha bo'lgan) kuchaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Bunday kuchaytirgichlar ketma-ket yoki parallel usullarda qo'llanilishi mumkin. Umuman olganda OK lar yarim o'tkazgichli, lampali yoki fotogalg'vanometrik bo'lishi mumkin. Ularning kirish qarshiligi katta, kuchlanishni kuchaytirish koeffitsiyenti baland va shovqinlari kam bo'lishi kerak. Amplituda - chastotaviy xarakteristikasininig chiziqli qismida ishlayotgan operatsion kuchaytirgichning ketma-ket kuchaytirgich sifatitda qo'llanilgan chizmasi uchun qo'yidagi munosabatlar o'rinli: (1) b) parallel kuchaytirgich ko'rsatilgan chizma uchun: (2) bu yerda Ukir va Uchiq lar - kirish va chiqish kuchlanishlari, Rkir - kuchaytirgichning kirish ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:03:16
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.43 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:03 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.43 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:35 ]
Arxiv ichida: doc