Ximiyaviy texnologiyada mahsulotning sifati va uning tannarxi Reja 1. Kimyoviy texnologiyada mahsulot sifati. 2. mahsulot tannarxi. 3. Kimyoviy texnologiya asosiy qonuniyatlari. Tayanch iboralar: Sifat, tannarx, davlat standarti, tarmoq standarti, texnik sharoit. Xar kaysi korxona ishlab chikarilayotgan mahsulotning sifatiga jiddiy etibor berishi kerak, chunki yuqori sifatli mahsulotlar tez va oson tarkatiladi: - Bu esa korxonaga katta iqtisodiy foyda keltiradi. boshlang'ich xom ashyo kancha toza va sifatli bulsa, hamda reaksiya natijasida hosil bo'lgan qo'shimcha birikmalar asosiy birikmalardan kancha tula ajratilsa, tayyor mahsulotning sifati shuncha yuqori bo'ladi. Xar bir ishlab chikarilgan mahsulotning sifati, yani uning tarkibi va xossasi davlat (qisqargan holda GOST) hamda tarmoq (qisqargan holda (OST) standartlarida ko'rsatilgan talablarga javob berishi kerak. Bu standartlarga ko'ra mahsulot tayyorlanayotganda iste'molchilarning talabi hamda ishlab chiqarishdagi imkoniyatlar hisobga olinadi. Masalan, GOSTga muvofik ozik-ovqat sanoatida maxsus qog'ozlar ko'p ishlatiladi. (Konfeta, shokoladlarni urash) Bu ko- gozlar namlikni o'tkazmasligi uchun alohida texnologiya asosida sulfat kislota bilan ishlov beriladi. Ishlatiladigan kislota tarkibida organizm uchun zararli birikmalar (kurgoshin, mishyak tuzlari) bulmasligi shart, sulfat kislota esa malum standart shartlariga javob berishi kerak. Yangi ishlab chikarilgan mahsulotning sifatini baholash GOST va OST da ko'rib chikilguncha uning sifati shu korxonaning texnik shartlari yani TU bo'yicha aniklanadi. GOST, OST, TU da ko'rsatilgan shartlar asosida mahsulotning sifati aniklanib, ular navlar bilan belgilanadi, yani birinchi nav, ikkinchi nav va xokazo. Ishlab chikarilgan mahsulotning turiga karab standartlarning sharti har xil bo'ladi. Masalan, kimyoviy mahsulotlarning sifati uning tarkibidagi asosiy moddaning kontsentratsiyasi bilan belgilanadi. Oliy va birinchi navli kimyoviy mahsulotning tarkibidagi asosiy modda ko'p - yani maksimum, chiqindilari esa oz - yani minimum bo'lishi shart. Bu shartlar bo'yicha kislotalar, ishkorlar va kimyoviy sanoatning ko'p mahsulotlarining sifati baholanadi. Masalan, sulfat kislotaning ozik-ovqat sanoati mahsulotlarini kadaklash uchun qog'ozlar, akumulyatorlarga ishlatiladigan sulfat kislotaning standartlari har xil. Eng sifati past va arzon sulfat kislota qishloq xo'jaligida, fosforli o'g'itlar sanoatida ishlatiladi. Masalan, yengil sanoat mahsulotlari uchun standartning asosiy shartlari ularni malum qismlarining uzunlik o'lchovlari va tashqi ko'rinishi hisoblanadi, ana shu o'lchovlari va tashqi ko'rinishi bo'yicha uning sifati aniklanadi. Sanoatda ishlatiladigan xom ashyo va yordamchi mahsulotlarning sifati sanoat uchun yetakchi urinda turadi. Xom ashyo va yordamchi mahsulotlar kancha sifatli bulsa, tayyor mahsulotning sifati xam shuncha yaxshi bo'ladi. Bojxona va sertifikatlash laboratoriyalarida mahsulot tarkibini va uning kontsentratsiyasini aniqlash uchun maxsus tayyorlangan ximiyaviy toza (X.Ch. ximicheskiy chistiy) va analiz uchun o'ta toza (chistiy dlya analiza) kimyoviy reaktivlar ishlatiladi. Reaktivlarning bazilari maxsus ampulalarda saqlanib - standart-titr deyiladi va ishlatishdan oldin ampula sindiriladi. mahsulotning tannarxi. Malum ishlab chiqarish jarayoni davomida ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.5 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.5 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:35 ]
Arxiv ichida: doc