Ximiyaviy texnologiyaning asosiy ishlab chiqarish sohalari. kimyo sanoatida xom ashyo, havo, suv va energetika Reja: 1. Ximiyaviy texnologiyada xom ashyo. 2. Kimyo sanoatida havo va suv. 3. Kimyo sanoatida energetika. 4. Energiya beruvchi mahsulotlarni qayta ishlash. Tayanch iboralar: Xom ashyo, havo tarkibi, suv qattiqligi, energiya hosil qiluvchi moddalar, Sho'rtan kompleksi. Malumki ximiya sanoatida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan umumiy xarajatlarning 70-80 % ni shu jarayonda ishlatiladigan xom ashyo, yarim mahsulot, yordamchi materiallar tashkil etadi. Sanoat xom ashyosi xaddan tashqari xilma-xildir. Xom ashyo quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. miqdor jihatdan etarli darajada bo'lishi; 2. Kozib olish oson va arzon bo'lishi; 3. Texnologik jararyonlar oson borishi kerak. Yer shari buylab elementlarning tarqalishi bir xil emas. Yer shari ogirligining yarmiga yaqinrogini kislorod va 20% ni kremniy tashkil etadi. Keyin alyuminiy (7,45%) va temir (4,2%) turadi. Xullas 10 ga yaqin elementlar yer shari ogirligining 98% ni 2% ni esa kolgan 90-95 turdagi elementlar tashkil etadi. hayot uchun zarur bo'lgan uglerod yer shari ogirligining atigi 0,35% ni tashkil etadi. Xom ashyo sinflanishi. Ximiya sanoatining xom ashyosi turli belgilariga ko'ra sinflarga bulinadi: - kelib chiqishiga ko'ra - tabiiy (minerallar, o'simliklar va hayvonlar) va sun'iy (koks, sanoat gazlari, sun'iy tolalar va xokazo); - agregat holatiga ko'ra - qattiq (minerallar,rudalar, kumir, yog'och); - suyuk (suv, neft, tuz eritmalari) xolida; gazsimon(havo va gazlar); - ximiyaviy tarkibiga ko'ra - organik va aorganik; - ishlatilishiga ko'ra ozukali va texnikaviy turlarga bulinadi. Mineral xom ashyolar. xalq xo'jaligida ishlatiladigan minerallar uch turga bulinadi: a) rudali b) rudasiz v) yonuvchi mineral xom ashyolar. Bu minerallarning kupi qattiq xoldadir. Suyuk mineral boyliklarga fakat neft hamda tuz eritmalari, gaz xolidagisi esa tabiiy gaz kiradi. Rudali mineral xoi ashyolar foydali jinslar bo'lib metallar olish uchun asosiy manbadir. Nodir metallardan (oltin, platina, molibden) boshqa kora va rangli metallar bu rudalar tarkibida oksid (Men Om) sulfid (MenSm) xolida uchraydi. Kupgina rudali xom ashyolar o'z tarkibida bir kancha metallardan tashkil topgan. Bunday rudalar polimetall yoki kompleks rudalar deyiladi. Bu polimetall rudaga kaysi metal kuprok bulsa, ruda shu metall nomi bilan ataladi. Rudasiz mineral xom ashyolar xam tog jinslari bo'lib, ular metall olish uchun (magniy va ishkoriy metallarning xlorli tuzlaridan boshqalari) ishlatilmaydi. Bunday mineral xom ashyolar xech qanday ximiyaviy qayta ishlanmasdan to'g'ridan to'g'ri xalq xo'jaligida yoki metallsiz ishlab chiqarishlarda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga bulinadi: 1. qurilish materiallari. 2. Industriya xom ashyolari (granit, asbest, magneziy va x.k.) 3. Ximiyaviy mineral xom ashyolar (oltingugurt, selitra, fosvoritlar) ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.78 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.78 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:35 ]
Arxiv ichida: doc