Kimyoviy va molekulalararo ta'sir R e j a : 1. Kimyoviy ta'sirlashuvning asosiy xususiyatlari va kimyoviy bog'ni hosil bo'lish mexanizmi 2. Kimyoviy bog'ni asosiy turlari 3. Kimyoviy elementlarning valentligi 4. Atom orbitallarning gibridlanishi 5. Koordinasion birikmalarda kimyoviy bog' Kimyoviy bog'lanish deganda biz, atomlararo ta'sir etuvchi va ularni birgalikda ushlab turuvchi kuchlarni tushunmogimiz kerak. Kimyoviy bog'lanishning kelib chiqish sababi shundaki, atom yoki ionlar bir-biri bilan birikkanda ularning umumiy energiya zapasi ular ayrim-ayrim holda bo'lganlaridagiga qaraganda kamrok qiymatga ega bo'ladi va sistema barqarorrok holatni egallaydi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga utgan uning energiya zapasi kamaysa, bu hodisani Sistema energetikaviy manfaatga ega bo'ldi degan so'z bilan tavsiflanadi. Demak, atomlardan molekulalar hosil bo'lishining sababi, sistemada energetikaviy manfaatning sodir bo'lishidir. Kimyoviy bog'lanish bog'lanish energiyasi va bog'lanish uzunligi nomli ikki kattalik bilan xarakterlanadi. Kimyoviy bog'lanish quyidagi uchta asosiy tipdan iborat: kovalent, ion, metall bog'lanish. Kimyoviy bog'lanishning ikkinchi darajadagi ko'rinishlari qatoriga: molekulalararo bog'lanish hamda, vodorod bog'lanish kiradi. Kimyoviy bog'lanish valentlik bilan xarakterlanadi. Valentlik, umuman aytganda, o'zaro birikuvchi atomlar orasida hosil bo'lgan bog'lanishlar sonini kursatadi. Valentlik, u yoki bu element atomining o'z atrofida boshqa bir necha atomni ushlab tura olish qobiliyatini xarakterlaydi. Kimyoviy elementlarning atomlari o'zaro uch xil zarrachalar hosil kila oladi. Ulardan biri molekulalar, ikkinchisi ionlar va uchinchisi erkin radikallardir. Molekula moddaning mustaqil mavjud bula oladigan eng kichik zarrachasi ekanligini yuqorida aytib utdik. Molekulalar bir-biridan o'z tarkibidagi atomlarning soni bilan, molekula tarkibidagi atomlarning markazlararo masofalari bilan, bog'lanish energiyalari bilan va boshqalar bilan farqlanadi. Chunonchi, bir atomli va ko'p atomli molekulalar bo'ladi. Inert gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomli bo'lgani holda polimer moddalarning molekulalarini ko'p atomlar tashkil qiladi. Molekula hosil kilgan atomlarning markazlararo masofasi angestremlar bilan ulchanadi. Masalan, H2 molekulasi orasidagi masofa 0.74 A°, HF da 0.92 A°, HCL da 1.28 A° , HBr da 2.42 A°, HJ da 1.62 A° dir. Molekulani tashkil kilgan atomlarning valentliklari orasidagi burchak turlicha bo'ladi. Masalan, H2O molekulasida kislorodning valentliklari orasidagi burchak 105° ga , H2S da oltingugurtning valentliklari orasidagi burchak 92° 20' ga teng, CH4 da esa S ni to'rtala valentliklari orasidagi burchak 109° 28' ni tashkil qiladi. Kimyoviy bog'ni uzib yuborish uchun zarur bo'lgan energiya miqdori bog'lanish energiyasi deb ataladi. Xar bir bog'lanish uchun to'g'ri keladigan bog'lanish energiyasining qiymati 50-250 kkalmol ga teng bo'ladi. Elementning ionlanish potensiali (I) qanchalik kichik bulsa, u element shunchalik kuchli ifodalangan metallik xossalarga ega bo'ladi. Shuning uchun D.I.Mendeleyevning davriy sistemasida xar qaysi davrning boshidan oxiriga utgan sari elementlarning ionlanish energiyalari ortib boradi. Masalan, ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.13 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.13 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:35 ]
Arxiv ichida: doc