Kinematika asoslari bo'limini o'qitishni tashkillashda didaktik materiallarning roli

Kinematika asoslari bo'limini o'qitishni tashkillashda didaktik materiallarning roli

O'quvchilarga / Fizika
Kinematika asoslari bo'limini o'qitishni tashkillashda didaktik materiallarning roli - rasmi

Material tavsifi

7 - sinfida fizikaning Kinematika asoslari bo'limini o'qitishni tashkillashda didaktik materiallarning roli MUNDARIJA: KIRISH. I-BOB. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizikaning o'rni va uni o'qitishning mazmuni. 1.1-§. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida Davlat ta'lim standarti talablari. 1.2- §. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika predmeti uchun tuzilgan uzviylashtirilgan o'quv dasturining mazmun mohiyati. 1.3- §. Didaktik materiallarning ta'limdagi o'rni, roli va hozirgi zamon talabi. II-BOB. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida Kinematika asoslari bobini o'qitishda didaktik materiallardan foydalanish metodikasi. 2.1-§. Jismlarning harakati. Fazo va vaqt mavzudagi yangi bilimlarni berishda didaktik materiallarni qo'llash metodikasi. 2.2-§. Kinematikaning asosiy tushunchalari mavzusidagi yangi bilimlarni berishda didaktik materiallardan foydalanish metodikasi. 2.3-§. To'g'ri chiziqli tekis harakat tezligi. Harakatning grafik tasviri mavzuni mustahkamlash jarayonida didaktik materiallardan foydalanish metodikasi. 2.4-§. Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish mavzusini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishni nazorat qilish va baholash jarayonida didaktik materiallardan foydalanish metodikasi. XULOSALAR. INTERNET MA'LUMOTLARI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. BMI ning maqsadi va dolzarbligi Dolzarbligi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiy etayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik texnologiyalarni jalb etish orqali ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ta'limning bugungi kundagi vazifasi o'quvchilarni ta'lim - tarbiyasiga yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Bu esa ushbu mavzuning qandalik dolzarbligini ko'rsatadi. Maqsad. Ta'limning sohalarini hali uslubiy jihatdan to'liq ishlab chiqilmagan bu sohada yechilishi kerak bo'lgan muammolar talaygina. Shuning uchun fizika ta'limida didaktik materiallarni qo'llash, didaktik vositalardan foydalanish zarurligini keltirib chiqaradi. Didaktik materiallar va vositalarni ta'lim jarayonidagi ahamiyati va ularni qo'llash uslubini o'rganish asosiy maqsadimdir. I-BOB. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizikaning o'rni va uni o'qitishning mazmuni. I bobda umumiy o'rta ta'limda fizikaning o'rni va uni o'qitishning mazmuni bayon qilingan. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining uzviylashtirilgan davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlari berilgan. Namunaviy o'quv dasturida fizika fanining 7-sinflar uchun ajratilgan o'quv yuklamalar ko'lami Haftasiga ikki soatdan jami 68 soat Kinematika asoslari 22 soat Dinamika asoslari 28 soat Saqlanish qonunlari 14 soat Takrorlash 2 soat Ekskursiya 2 soat 1.1-§. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida Davlat ta'lim standarti talablari О'quvchilar fizika asоslariga оid quyidagi bilim, kо'nikma va malakalarni egallashlari shart: fizik hоdisalar haqida tasavvurga ega bо'lish va ularni tahlil qila оlish; mехanika, mоlеkular fizika va tеrmоdinamika asоslari, elеktr, yоrug'lik, atоm va yadrо fizikasi asоslariga оid asоsiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning birliklari, qоnuniyatlar, fоrmulalarni bilish va ularni qо'llay оlish; fizik hоdisalarni kuzatishni rеjalashtirish va о'tkazish, kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara оlish; о'lchоv asbоblari (sеkundоmеr, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 225.75 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 225.75 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga