Kinematikaning asosiy tushunchalari

Kinematikaning asosiy tushunchalari

O'quvchilarga / Fizika
Kinematikaning asosiy tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 3-mavzu: Kinematikaning asosiy tushunchalari Mexanikaning jism harakatini uning massasi va uni harakatga keltiruvchi sabablar hisobga olinmagan holda o'rganadigan bo'limiga kinematika deb ataladi. Kinematikaning asosiy vazifasi jismlarning istalgan vaqtdagi koordinata­­larini aniqlashdan iborat. Jism koordinatalarining vaqtga bog'liqligi haqidagi ma'lumotlar turli ko'rinishda: masalan, grafik, jadval yoki formula ko'rinishida berilishi, shuningdek, so'zlar bilan ifodalanishi mumkin. Bu ma'lumotlarni bilgan holda shu jismning istalgan vaqtdagi fazodagi o'rni aniq aytib beriladi. Buning uchun bir qator yangi tushunchalar bilan tanishib olishimiz kerak. Moddiy nuqta Uzoqda ketayotgan avtomobil shakli aniq ko'rinmaydi, u juda kichkina, hatto nuqta bo'lib ko'rinishi mumkin. Asli kichkina chumoliga mikroskop orqali qaraganimizda esa u bahaybat yirtqich bo'lib ko'rinadi. Jismlarning harakatini o'rganishda bir qator soddalashtirishlardan foydalanamiz. Bunday usullardan biri harakatlanayotgan jismning o'lchamlarini hisobga olmasdan, uni ko'rilayotgan jarayon yoki chizmalarda moddiy nuqta deb olishdan iborat. Muayyan sharoitda o'lchami va shakli hisobga olinmasa ham bo'ladigan jism moddiy nuqta deb ataladi. Uzunligi 4 m bo'lgan avtomobilning 10 km masofani bosib o'tishdagi harakatini o'rganishda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Chunki avtomobil bosib o'tadigan masofa uning uzunligidan 2500 marta katta. Shu singari, samolyotning uzoq masofaga parvozi qaralayotganda, uni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin. Aynan bir jism bir holda moddiy nuqta deb qaraladi, boshqa holda esa uni moddiy nuqta deb qarab bo'lmaydi. Masalan, o'quvchi maktabga borayotganida uyidan 1 km masofani bosib o'tsa, bu harakatda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin shu o'quvchi uy ichida ertalabki gimnastika mashqlarini bajarayotganida, uni moddiy nuqta deb bo'lmaydi. Kitobni sumkadan olib stolga qo'yish jarayonini rasmda ifodalashda kitobni qaysi tomoni bilan qo'yganligimizni ko'rsata olamiz. Lekin maktabga olib ketilayotgan kitob chizmada juda kichkina nuqta sifatida tasvirlanadi. Bu holda uni moddiy nuqta deb olish mumkin. Moddiy nuqta tushunchasidan harakatlanayotgan jism o'lchami bosib o'tilgan masofaga nisbatan juda kichik bo'lgan holdagina emas, balki tahlil qilinayotgan jism o'lchami unga nisbatan qaralayotgan boshqa bir jismgacha bo'lgan masofaga nisbatan juda kichik bo'lganida ham foydalaniladi. Yer sharining o'lchamlari juda katta. Lekin Yer sayyorasining Quyosh atrofida aylanishi o'rganilayotganda, ular orasidagi masofa yanada kattaligi sababli, Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Trayektoriya Doskaga bo'r bilan chizganda, qorli yo'lda avtomobil yurganda, osmondagi tosh bo'la­­gi - meteor atmosferadan o'tganda, ular iz qoldiradi (9-rasm). Bo'r, avtomobil va meteorning qoldirgan izi ularning harakat trayektoriyasidir. Jismlar o'z harakatida har doim ham iz qoldiravermaydi. Masalan, osmonda uchayot­­gan meteor iz qoldirsa, tramplindan sakrayotgan sportchi esa iz qoldirmay­­di. Sportchi, to'p, odam, mashina, qush va samolyotlarning o'z harakati davomida izi ko'rinmasa-da, ularning izini uzluksiz chiziq deb tasavvur qilish mumkin. Yo'l va ko'chish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:36 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga