Kinetika elementlari Nomuvozanatli holat Muvozanatli holatda sistemaning makroskopik parametrlari vaqt o'tishi balan uzgarmayda va sistemada xech qanday makroskopik o'zgarishlar bulmaydi. Sistemaning biror parametri vaqt o'tishi bilan uzgarsa uning holati uzgaradi. Sistema holatining o'zgarishi jarayon deyiladi. Xar qanday termodinamik sistema muvozanatli va nomuvozanatli holatda bo'lishi mumkin. Sistemada makroskopik jarayonlar tuxtamagan va unga xos makroparametrlari uzgarib turuvchi holati nomuvozanatli holat deyiladi. Sistemaning nomuvozanatli holatidan muvozanatli holatiga o'tishi relaksatsiya deyiladi. Muvozanatli holatga utish uchun ketgan vaqt relaksatsiya vaqti deyiladi. Muvozanatli va nomuvozanatli jarayonlar uchun muhim narsa - bu harorat, bosim, zichlikning birinchisida sistemaning xamma erida bir xil, ikkinchisida har xil bo'lishidir. Juda sekinlik bilan utuvchi jarayonlarni kvazistatistik jarayonlar deyiladi. Kvazistatistik jarayonlarda sistema parametrlari cheksiz sekin uzgaradi va xar doim sistema muvozanatli holatda qoladi. Termodinamikada ikkita muhim xulosa postulot sifatida kabul qilingan: A) Izolyatsiyalangan sistema ertami-kechmi muvozanat holatga keladi va bu holatdan o'z-uzidan chikib keta olmaydi. B) Muvozanatli holatning xamma ichki parametrlari tashqi parametr va haroratning funksiyasidir. Nomuvozanatli holatda sistemaning ichki parametrlari tashqi parametr va haroratning funksiyasi bulmay qoladi. Shuning uchun sistemaning nomuvozanatli holatini xarakterlash uchun tashqi parametr va haroratdan tashqari bir yoki bir necha (ichki) parametrlar bo'lishi kerak. Masalan, nomuvozanatli holatdagi gazni tavsiflash uchun xajm, harorat (energiya) dan tashqari zichlikning taksimlanishi, haroratning taksimlanishi berilgan bo'lishi kerak. Umumiy holda nomuvozanatli jarayonlar uchun holat tenglamasi F (P, V, T, x, y, z, t) q 0 ko'rinishda bo'ladi. Nomuvozanatli holatning muhim xususiyati, muvozanat holatga utishga intilishdir. Nomuvozanatli jarayonni muvozanatli jarayondan ajratuvchi muhim farqi, termodinamik parametrlarning vaqtga bog'liqligidir. Nomuvozanatli holatlardagi jarayonlar Maksvellning molekulalarni tezliklar bo'yicha taksimlanish qonuniga buysunuvchi xaotik harakat holati muvozanatli holat hisoblanadi. Molekulalarning xaotik va Maksvell taksimlanishini, yani muvozanatli holatni yuzaga keltiruvchi sabab, molekulalarning tuknashuvidir. Molekulalarning tuknashuvi ularning o'zaro ta'sirlari natijasida bo'ladi. Molekula harakat yo'nalishining boshqa molekula ta'sirida o'zgarishi molekulaning tuknashuvi deyiladi. Bazan tuknashish natijasida molekulalar harakat yo'nalishining o'zgarishi-sochilish deyiladi. Molekulalar tuknashganda ularning markazlari yaqinlashadigan eng qisqa masofa molekulaning effektiv diametri deyiladi.kattalik molekulaning effektiv kesimi deyiladi. Molekulalarning ketma-ket tuknashish oralig'ida utgan masofasi uning erkin yugurish yo'li deyiladi. Agar vaqt birligidagi molekulalarning urilishlar soni Z ga teng bo'lsa, o'rtacha erkin yugurish yo'li quyidagicha bo'ladi: (1) Maksvellning molekulalarning tezliklar bo'yicha taksimlanish qonunidan va P q NkT dan erkin yugurish uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz: (2) (2) ga asosan o'rtacha erkin yugirish yo'li bosimga teskari proportsional bo'lib, bosim kamayishi bilan o'rtacha erkin yugurish yo'li ortishini kursatadi. Tartibsiz harakat natijasida Maksvell taksimlanishi karor topishida energiya, massa va impul slarning malum yo'nalishi bo'yicha kuchishi ruy beradi. Bu kuchish hodisalari deyiladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.09 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.09 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:36 ]
Arxiv ichida: doc