Klassik fizika taraqqiyotidagi dastlabki dadil qadamlar Reja 1. Natural falsafaning matematik asoslari 2. X.Gyuygensning Yorug'lik haqida traktat asari 3. Stefan Grey (166-1736) elektr o'tkazuvchanlik hodisasi 4. Nyuton va optika Natural falsafaning matematik asoslari 1687- yilda chop etilgan Nyutonning Natural falsafaning matematik asoslari kitobi o'zida mexanikaning asosiy qonunlari va aksiomalarini aks ettirgan, xususan uning asosiy uch qonuni (Nyuton qonunlari ) va butun olam tortishish qonunini o'z ichiga olgaq edi. Bu asarning paydo bo'lishi fizika tarixida yangi davr ochilganligidan ya'ni fizika fan sifatida shakllanib o'zining yangi taraqqiyot davriga qadam qo'yganligidan nisxona edi. Chunki unda tabiatdagi ko'pchilik jaroyonlarni boshqaruvchi qonunlar o'z aksini topgan edi. Bu asar chop etilganidan so'ng fizika sohasida yangi- yangi kashfiyotlar paydo bo'la boshladi. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tish mumkin. X.Gyuygensning Yorug'lik haqida traktat asari 1690- yilda X.Gyuygensning Yorug'lik haqida traktat asari nashr etildi. Bu asarda yorug'likning to'lqin nazariyasi, to'lqinlarni to'siqlani aylanib o'tishi va yorug'likning qutblanishi hodisalari batafsil yoritib berilgan. 1699 -yilda fransuz fizigi Amonton qattiq jismlarning tashqi ishqalanish qonunini kashf etdi. Stefan Grey (166-1736) elektr o'tkazuvchanlik hodisasi 1729- yilda ingliz fizigi Stefan Grey (166-1736) elektr o'tkazuvchanlik hodisasini kashf etdi. U elektr zaryadlari bir jismdan boshqa jismlarga metall sim orqali o'tishi mumkin, lekin ipak ip orqali o'tmaydi degan xulosaga keldi. U birinchi bo'lib barcha jismlarni o'tkazgichlar va izolyatorlarga ajratdi, elektr zaryadlari o'tkazgichlarning sirtida joylashishini isbotlab berdi. Nyuton va optika Nyuton optika sohasida va yorug'lik interferensiyasiga oid tajribalar o'tkazadi va yorug'lik mayda zarrachalardan-korpuskullardan iborat degan gipotezasini bayon qiladi. 1679 yildan boshlab u osmon mexanikasi masalalari bilan, shu jumladan, tortishish masalalari bilan sistemali ravishda shug'ullanadi. Tortishish to'g'risidagi fikr Nyutonda 166 yili daraxtdan olmani tushuvini kuzatish paytida paydo bo'lgan deyishadi Mexanikaning XIX asr birinchi yarmida rivojlanishi. Fizika texnika bilan xam chambarchas bog'langan. Fizika va texnikaning bog'lanishi quyidagi ikki tomonlama namoyon bo'ladi: Fizika-odamlar turmushining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Qadimda, mexanikaning rivojlanishiga qurilish va harbiy ehtiyojlar turtki bo'lgan. SHuningdek rus injeri I.Polzunov (1728-1766) tomonidan uzluksiz ishlovchi bug' mashinasining loyiha qilinishi, ingliz ixtirochisi D.Uatt tomonidan (1736-1819) universal bug' dvigatelining yasalishi, bug' mashinalari foydali ish koeffitsiyentini oshirish yo'llarini izlashni taqozo etgan. Natijada termodinamika jadal suratda rivojlangan. Fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Fizikada kashfiyotlar amalga oshirilgandan so'ng, ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar maydonga chiqishadi va fizika bilan chambarchas bog'langan yangi fanlar vujudga keladi. D. Bernullining Gidrodinamika asari 1738 - yilda D. Bernullining Gidrodinamika asari nashr etildi. Bu asarda suyuqliklarning oqim naylaridagi barqaror oqimi o'rganilgan edi (Bernulli tenglamasi). Bu asarning muhim tomoni ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
260.07 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
260.07 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:36 ]
Arxiv ichida: ppt