Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanishi Reja: XV1-XV11 ASR FIZIKASI Galileo Galiley (15.02.1564-8.01.1642) Iogann Kepler (1571-1630). Isaak Nyuton (1643-1727) Yevropaning uyg'onish davri X asrga to'g'ri kelib YevropaSharqning iqtisodiy va madaniy aloqalari orqali rivojlandi. Masalan o'sha davrda arablar Ispaniya, Italiya, Fransiya va Angliyada birgalikda universitetlar tashkil qilishdi. Darslar lotin yozuvida olib borilar edi. XVII asrgacha lotin yozuvi xalqaro aloqa tili bo'lib keldi. Bu tilda Kopernik, Nyuton va Lomonosovlar yozishgan. Leonardo do-Vinchi 1452 yil 14 aprelda Vinchi shahri yaqinidagi Ankiano qishlog'ida notarius oilasida nikohsiz tug'ildi. 1472-90 yillari Florensiyada yashab 1506 yili Milanga qaytadi. U rassomlik ustaxonasida rasm chizishdan tashqari matematika, optika, mexanika va texnik fanlarni ham qunt bilan o'rgandi. Uning fizikaviy dunyoqarashi har qanday harakat qilayotgan jismga tashqi majburiy kuch ta'sir etmasa, tabiatdagi o'zining to'g'ri chiziqli harakat holatini saqlaydi deydi. Leonardo do-Vinchi tashqi kuch deb og'irlik, turli kuchlar, harakat va ta'sir kuchini tushunadi. Harakatni vujudga keltiruvchi narsa bu kuchdir. Kuch bu jismni harakatga keltiruvchi narsadir deydi. Og'irlik kuchining xususiyati va mohiyatini tushuntirib beradi. To'lqin interferensiyasini tushuntirgan va bu hodisa 200 yildan so'ng Gyuygens tomonidan aytilgan. Uning mexanika va injenerlik sohasidagi ishlari ham muhim rol o'ynaydi. Burjuaziyaning rivojlanishi XV1 asr va XV11 asrlarda sanoatda fanniig rivojlanishini talab qila boshladi. Bu davrda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun fanlarning mahsuli tabiiy va eksperimental fanlarni rivojlantirishga ehtiyojni ko'paytirdi. Shu sababli XV1 asrdagi ilmiy revolyusiya dunyoqarashning hamma formalarini keng miqyosda qamrab olaboshladi. 1492 yil Kolumbning yangi yerni ochishi 1519-1522 yillardagi Ferdinand Magellanning sayohati Yerning sharsimon ekanligini tajribada isbotladi. Ilmiy revolyusiya astronomiya fanida boshlandi. Bunga asos qilib N.Kopernikning buyuk inshosi edi. Bu inshoda polyak olimi N. Kopernik 1473 yil 19 fevralda Polshaning Torung shaxrida savdogar oilasida tug'ilgan. U Krakov universitetida, keyinchalik Italiyada huquq filosofiya, astronomiya va meditsina fanlarini o'rgandi. Birinchi Geliotsentrik sistemani asoslab berdi. Uning birinchi ilmiy ishlari Kichik izohlar deb atalgan bo'lib, bu asar dunyo tuzilishining geliotsentrik sistemasiga bag'ishlangan edi, lekin bu asar chop etilmadi. Sababi, o'sha davrdagi ko'pchilik diniy qarashlarga qarshi bo'lgani uchun qat'iyan qoralangan edi. Uning Osmon jismlarining harakati kitobi hayotining so'ngi yillari 1543 yilda chop etildi. Ushbu asar oltita kitobdan iborat bo'lib: 1.Birinchi kitob «Yangi geliomarkaz sistemasi haqida 2.Ikkinchi kitob sferik astronomiyaga bag'ishlangan bo'lib, unga yulduzlar katalogi kiritilgan. 3.3-6 kitoblarda planetalar harakati Yer va Oy harakati haqida so'z yuritiladi. Kopernik birinchi marta Yer koinotning marakazi emas, koinot sistemasining markazi Quyosh deb qaraydi. Barcha planetalar Quyosh atrofida aylanma harakat bilan harakat qiladi deb uning orbital aylanish sistemasini chizib tushintiradi. Fransuz faylasufi Rene Dekart (1955-1650y.) o'rta hol ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.34 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
85.34 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:36 ]
Arxiv ichida: doc