Ko'chish jarayonlarining elementar kinetik nazariyasi. Molekulyar harakatlar va ko'chish hodisalari

Ko'chish jarayonlarining elementar kinetik nazariyasi. Molekulyar harakatlar va ko'chish hodisalari

O'quvchilarga / Fizika
Ko'chish jarayonlarining elementar kinetik nazariyasi. Molekulyar harakatlar va ko'chish hodisalari - rasmi

Material tavsifi

Ko'chish jarayonlarining elementar kinetik nazariyasi. Molekulyar harakatlar va ko'chish hodisalari. Effektiv kesim yuzi. O'rtacha erkin yugurish yo'li Reja: Molekulyar harakatlar va ko'chish hodisalari 2. Effektiv kesim yuzi 3. Vaqt birligidagi o'rtacha to'qnashishlar soni va o'rtacha erkin yugurish yo'li 4. Erkin yugurish yo'li uzunligining bosimga va temperaturaga bog'liqligi 5. Xulosa Bizga ma'lumki, gaz molekulalarining tezligini kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi (14.1) deb hisoblanganda molekulalarning tezliklari uchun juda katta son qiymat kelib chiqadi. Xona temperaturasida molekulalar tezligi havo molekulalari uchun 500 mc va vodorod molekulalari uchun 1800 ms ga teng bo'lib chiqadi va bu bevosita tajribada tasdiqlangan. Bu qiymatlar kutilmagan darajada katta bo'lib tuyuladi, chunki yuzaki qaraganda yaxshi ma'lum bo'lgan dalillarga zid keladi. Misollar yordamida tushuntiraylik: a) Muvozanat holatida gazning temperaturasi u egallagan hajmning hamma yerida birday bo'ladi. Bu degan so'z, gazda zarralarning o'rtacha kinetik energiyasi hamma joyda bir xildir. Agar biror tarzda gazning biror qismi isitilsa, shu bilan gazning muvozanati buzilgan bo'ladi. Biroq bundan keyin gaz o'z holicha qo'yilsa, birmuncha vaqt o'tgandan keyin gazning muvozanati tiklanadi, temperatura gazning hamma joyida qaytadan birday bo'lib qoladi. Temperaturaning bunday tenglashishi molekulalarning uzluksiz haraktlari tufayli bo'lishi ravshan. Faqat gazning energiya ko'p bo'lgan joyida energiya ko'chishi ro'y beradi. Bu jarayon issiqlik o'tkazuvchanlik deb ataladi. Gaz molekulalarining harakat tezliklari katta bo'lsada, issiqlik o'tkazuvchanlik gazlarda juda kichik bo'lishi tajribalarda ko'rilgan. b) Agar biror hajmni egallagan gazga boshqa gazni qo'shsak va bunda butun hajmda bosim va temperatura birday bo'lgan holda aralashmaning konsentrasiyasi bir qismda qolgan boshqa qismlar dagidek ko'proq bo'lsa, biror vaqt o'tgandan keyin aralashmaning butun hajm bo'yicha tarqalishini va gazning bir jinsli bo'lib qolishini tajriba ko'rsatadi. Konsentrasiyalarning bunday tenglashishi aralashma molekulalarining bu molekulalar kam bo'lgan yo'nalishda harakati tufayli yuzaga keladi va diffuziya deb ataladi. Bunday ko'chish ham molekulalarning harakati tufayli ro'y bergani va bu harakatlarning tezligi esa katta bo'lgani uchun diffuziya juda tez amalga oshishi va demak, konsentrasiya bir ondayoq tenglashishi kerak edi. Biroq tajriba shuni ko'rsatadiki, atmosfera bosimida diffuziya juda sekin jarayon va gaz agar butunlayiga harakatlanmasa, uning aralashishi bir necha sutkaga cho'zilishi mumkin. v) Gazning tez harakatlanayotgan qismlaridan sekin harakatlanayotgan qismlariga qo'shilishi natijasida impuls ko'chishi (harakat miqdorining ko'chishi) tufayli biror vaqt o'tgandan keyin gazning butunlay oqish tezligi ham uning hamma qismlarida birday bo'lib qoladi. Bu hodisa ichki ishqalanish yoki qovushqoqlik deb ataladi. Demak bu jarayonlar molekulalarning tez harakatlanishi tufayli ro'y berishiga qaramay, ko'chish hodisalari shunday sekin amalga oshadi. Bunday nomuvofiqlikning sababi shundaki, muvozanat tiklanadigan bu hodisalarda faqat molekulalarning harakat tezliklari emas, shu bilan birga ularning o'zaro to'qnashuvlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.59 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.59 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga