Umumiy o'rta ta'lim maktablarning ix sinf fizika ta'limida koinot fizikasi bo'limining mazmuni Reja: Koinot fizikasi bo'limini o'qitishda milliy va mahalliy materiallardan foydalanish asoslari. Turli kenglamalarda osmon sferacining sutkalik ko'rinma aylanishi. Umumiy o'rta ta'lim maktabining IX-sinf fizika kursi o'quvchilarning umumta'lim maktablari dasturi hajmidagi fizika va matematika bilimlariga tayanilishini e'tiborga olib fizika-astronomik tushunchalar bo'yicha yakunlovchi kurs bo'lishi zarurligini ta'kidlagan holda uzliksiz ta'lim berilishini qo'llab quyidagi g'oyalarni ilgari suramiz. -astronomiya va kosmanavtika bo'yicha tushunchalar o'quvchilarni umumta'lim maktabda o'qiydigan butun davri davomida sistemali amalga oshirilmog'i lozim. Astronomiya elementlarini tabiat, fizika, geografiya kurslari mazmuniga kiritish asosida; -o'qitishning sinfdan tashqari turli shakllarining imkoniyat-laridan (fakultativ mashg'ulotlar, maktab planetariyasi yoki texnika stantsiyasi, yozgi maktab mehnat va dam olish maskanlari qoshidagi tashkil etilgan to'garaklar va boshqalar) keng foydalanilgan holda o'quvchilarda dastlabki astronomik bilimlarni shakllantirish; -o'quv televizion eshittirishlarida,planetariylarda o'qiti-ladigan o'quv ma'ruzalarida; -fizika-matematika bilimlariga tayangan yakunlovchi IX sinf fizika kursidan astronomik bilimlar sistemasini berish; -IX-sinf fizika kursi «Koinot fizikasi» bo'limidagi astronomik tushunchalarni takomillashtirish, eng avvalo uning tarbiyaviy aspektini kuchaytirish bilan belgilanadi; -IX sinf fizika kursidagi «Koinot fizikasi» bo'limining mazmuni bo'yicha o'quv tarbiyaviy ishlarining samaradorligini oshirish va sifatini kuchaytirish, o'qitishni optimallashtirishni nazariya va metodlariga ijodiy yondashish orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagi tamoyillarga tayangan holda va tizimli yondashish asosida maktabda astronomiya o'qitilishini tashkil qilish astronomiya o'qitilishini takomillashtirish bilan birga maktabdan keyin ham zarur bo'lgan akademik litsey va kollejlarda, astronomik bilimlarni olishga yetarli baza yaratadi. O'rta umumta'lim maktablarida astronomik ta'limning mazmuni boshlang'ich sinflarda va V-sinfda integrallashgan tabiyat kursi, VI-X sinflarda geografiya, kimyo, bologiya va fizika predmetlari, ayniqsa IX sinf fizika kursi mazmunidan Koinot fizikasi tarzida o'rin olib, o'rta maxsus va kasb ta'limi tizimida mustaqil astronomiya kursi bilan yakunlanadi. Bizlar IX-sinf fizika kursi hamda Koinot fizikasi taklif etilayotgan ta'lim variantining asosini quyidagilar tashkil qiladi: -maktab fizika ta'limning tayanch tashkil etuvchisi, davlat ta'lim dasturining qo'yilgan talablarini hisobga olgan holda tuzilgan bo'lib u barcha tipdagi o'rta umumta'lim maktablari o'quvchilar ma'lumotining zaruriy darajasini ta'minlashga qaratilgan; -IX-sinf fizika kursi ta'limning majburiy qismi, sistemali kurs bo'lib, o'zining mazmunida «Koinot fizikasi» elementlari ta'limning boshqa tabiyat predmetlarining mazmunini qamrab olmagan masalalarni hal qilishni zimmasiga oladi. Boshqacha aytganda u o'quvchilarni bir butun bilimlarning rivojlanayotgan sistemasi sifatida namoyon bo'luvchi astronomik tushunchalar bilan tanishtiradi. IX-sinf o'quvchilarining psixologik tayyorgarlik darajalaridan kelib chiqib, hodisalar mohiyati va dialektikasi bilan tanishtirib, bugungi kunda astronomiya tayanayotgan asosiy g'oyalar va ularning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantiradi; -IX-sinfda astronomik ta'lim fizika predmetining Koinot fizikasi: bo'limida o'rganiladi. Bu bo'limni 10 soatda o'qitilish lozim. IX-sinf fizika kursida dastlabki astronomik tushunchalarning o'qitilishi ta'limning quyidagi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.44 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.44 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:37 ]
Arxiv ichida: doc