Kombinatsiyalangan juftlik va neytral K mezonlar xossalari.T-almashtirish va CPT-teorema Elementar zarralarning kvant xarakteri Reja: 1. Kombinatsiyalangan juftlik va neytral K mezonlar xossalari. 2. T-almashtirish va CPT-teorema 3. Elementar zarralarning kvant xarakteri Tabiatda ikki xil almashtirishlar mavjud: uzluksiz va diskret almashtirishlar va shu bilan birga ularga mos simmetriyalar ham. Uzluksiz almashtirishlarga fazo - vaqtdagi siljishlar va sanoq sistemasi burilishlari misol bo'ladi. Uzluksiz almashtirishlarga nisbatan simmetriyalar natijasida energiya, impulьs va impulьs momenti saqlanish qonunlari yuzaga keladi. Bu simmetriyalar fazo - vaqtning bir jinsligi va izotropikligidan yuzaga keladi. Diskret almashtirishlar shunday almashtirishki, bunda agar almashtirish ketma -ket ikki marta bajarilsa, sistema oldingi xolatiga qaytadi. Diskret almashtirishlarga P -, C- va T- almashtirishlar kiradi. Oldingi paragrafda biz P - almashtirishni ko'rib o'tdik. Agar bu almashtirish operatorini bir marta ko'llasak, jarayonning ko'zgudagi aksini xosil qilamiz. Ikkinchi marta qo'llasak esa dastlabki jarayonga qaytib kelamiz. Demak, diskret almashtirish operatorlari uchun deb yozishimiz mumkin. Shu xususiyati bilan diskret almashtirishlar uzluksiz almashtirishlardan farq qiladi. P - almashtirishga nisbatan invarianttshk (simmetriya real jarayon va uning ko'zgudagi aksi bir xil extimollik bilan yuz berishini bildiradi). Shunga o'xshash T - invariantlik biror jarayon va unga teskari jarayon bir xil extimollik bilan, C - invariantlik esa biror jarayon va undagi zarralar antizarralarga aylantirilgandagi jarayon bir xil ehtimollik bilan sodir bo'lishini bildiradi. Endi oldingi paragrafdagi Р - juftlikning buzilishini qarasak, bu hodisa fazoning xossasi bo'lmasdan, balkim zarrachaning xossasidir. Chunki fazo bir jinsli va izotropdir. Bunga misol qilib neytrinoni qarashimiz mumkin. Ma'lumki, neytrino chap spirallik xususiyatiga ega. Ya'ni, spinning impulьs yo'nalishiga proyeksiyasi doimo manfiydir. Shu sababli bu zarrachaning ko'zgudagi aksi (Р - almashtirishdan keyin) o'ng spiral neytrinoga o'tadi. Lekin tabiatda bunday neytrino mavjud emas. Shu sababli С - almashtirishni qo'llasak neytrino antineytrinoga o'tadi va u o'ng spirallikka egadir. Va bunday zarracha bizning real dunyomizda mavjuddir. Shunday qilib, fazoning ko'zgu simmetriyasi tiklandi. Bu g'oya 1957 yili L. Landau, A. Salam, T. Li va Ch. Yang tomonidan ilgari surilgan kuchsiz, o'zaro ta'sirda kombinatsiyalangan, ya'ni СР - juftlikning saqlanish qonunini tashkil qiladi. Kuchli va elektromagnit o'zaro ta'sir va - almashtirishlarga, hamda kombinatsiyalangan almashtirishlarga nisbatan invariantdir. Kuchsiz o'zaro ta'sir - invariant emasligi uchun -almashtirish bu simmetriyani tiklaydi deb qaraldi. Ya'ni CP - juftlik kuchsiz o'zaro ta'sirda sa!u.anishi kerak. Kombinatsiyalangan juftlik kvant soni - kabi aniqlanadi. Masalan, . Shu kabi elektr jihatdan neytral sistemalar uchun Dastlab kuchsiz ta'sir SR- invariant deb qaraldi. Lekin 1964 yili uzoq yashovchi K mezonning 2 ta pionga parchalanishi kuzatildi. Chunki СР - toq holatdagi mezon ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.56 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
93.56 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:37 ]
Arxiv ichida: doc