Ko'mir (kontaktli) datchiklari Reja: Тenzometrik datchiklar Induktiv va transformator datchiklari Magnitoelastik datchiklar va Хoll elementi Sig'im datchiklari va ularning qo'llanish sohalari Ko'mir datchiklarining ish prinsipi, o'zining ichki elektr qarshiligi keltirilgan kuchlar ta'sirida o'zgarishiga asoslangan. Bu turdagi eng sodda datchik (2.4.-rasm, a) grafit disklardan yig'ilgan ko'mir ustindan iborat. Disklar orasiga esa kontaktli shaybalar o'rnatilgan. Ko'mir ustunning qarshiligi grafit disklarning kichik qarshiligi va disk-shayba o'tishi asosiy qarshiliklar yig'indisiga teng. Disk-shayba o'tishning qarshiligi esa o'z navbatida disk va shaybalar zichligiga, ya'ni bosish kuchiga bog'liq. Ko'mir datchigining qarshiligi: a R= Ro+ -- (2.6) F ikkilamchi asbobdagi tok esa: Uct Io'zg= -- (2.7) Ro'zg+R0+aF bu yerda, Ro'zg+ Ro - kontakt qarshiligi, Om; a - kontaktning o'zgarmas koeffitsiyenti, OmN; F - kuch, H; R0- asbob qarshiligi, Om. Ko'mir datchikning sezgirligi (OmH) dR Kq= -- = aF2 (2.8) dF 2.4. - rasm. Ko'mir datchiklarning sxemalari va tavsifnomalari. Ko'mir datchiklarining sezgirligini oshirish maqsadida ko'priksimon ulanish sxemalardan foydalaniladi (2.4-rasm, v). F kirish kuchi ta'sirida ko'prik sxemasining yelkasidagi R1 qarshiligi kamayadi, ikkinchi yelkadagi R2 esa oshadi. Bunday datchiklar - differensial datchiklar deyiladi. Ko'mir datchiklarining afzalliklari: sodda, o'lchamlari kichik, arzon. Kamchiliklari: qarshilikning nostabilligi, gisterezis, mavjudligi va tavsifnomasi nochiziqliligi. Oddiy ko'mir datchikning statik tavsifnomasidan ko'rinib turibdiki (2.4. -rasm, b) nochiziqlilik kichik kuchlar chegarasiga to'g'ri keladi. Differensial datchiklarning statik tavsifnomasi esa chiziqlilikka yaqin. Тenzometrik datchiklar Тenzometrik datchiklarning ish prinsipi tenzoeffekt xodisasiga asoslangan bo'ladi, ya'ni elastik deformatsiya ta'sirida uning qarshiligi o'zgaradi. Тenzodatchik ma'lum usulda o'ralgan va ikkala tomоnidan maxsus plenka yopishtirilgan yupqa simdan iborat. Тenzodatchik deformatsiyasi nazorat qilinayotgan detalga maxsus yelim bilan puxta yopishtiriladi. Detalning deformatsiyasi natijasida simning geometrik o'lchamlari o'zgarilib qarshiligi o'zgaradi. Тenzometrik datchiklarning tavsifnomasi chiziqli bo'ladi va shu sababli ularning sezgirligi deyarli o'zgarmaydi. Тenzometrik datchiklarning asosiy ko'rsatkichi tenzosezgirlik hisoblanadi va u quyidagicha ifodalanadi: (2.9) Bu yerda ΔRR - materialning deformatsiya paytida solishtirma qarshiligi; - elastiklik moduli; 2.5-rasm. Тenzometrik datchikning tuzilishi va tavsifnomasi Тenzodatchiklarning afzalliklari: ular juda sodda, ixcham va arzon. Kamchiliklari: kichik sezgirlik, o'lchov natijalari xaroratga bog'liq. Sanoatda 3 xil tenzometrik datchiklar chiqariladi: simli, qog'oz (2PKB turida) va plyonka (2 PKB turida) asosida: folgali. (2FPKP turi) va yarim o'tkazgichli (KТD, KТDM, KТE turlari). Simli tenzorezistorlar uchun nominal ish toki In = tashkil etadi. Elektromagnitli va sig'im datchiklari Induktiv va transformator datchiklari Elektromagnitli datchiklar sodda tuzilishi va puxtaligi bilan avtomatika tizimlarida keng miqyosda qo'llanib kelinmoqda. Elektromagnitli datchiklar kirish kattaligini o'zgarishi bo'yicha induktiv, transformator va magnitoelastik turlariga bo'linadi. Induktiv va transformator datchiklarning (2.6 - rasm) ish prinsipi po'lat yakorning holati o'zgarilganda po'lat o'zakli cho'lg'amning ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
529.48 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
529.48 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:36 ]
Arxiv ichida: docx