Kompleks birikmalar hosil bo'lishiga va cho'ktirishga asoslangan usullar

Kompleks birikmalar hosil bo'lishiga va cho'ktirishga asoslangan usullar

O'quvchilarga / Fizika
Kompleks birikmalar hosil bo'lishiga va cho'ktirishga asoslangan usullar - rasmi

Material tavsifi

Kompleks birikmalar hosil bo'lishiga va cho'ktirishga asoslangan usullar Reja: 1. Komplekssonometriya usulining mohiyati. 2. Kompleksonometriyaning qattiqligini aniqlash. 3. Cho'ktirishga asoslangan usullar. 4. Namuna tarkibidagi xlor miqdorini rodanometrik usulda aniqlash. Kompleksonometriya usulining mohiyati Miqdoriy analizda qo'llanadigan bu usul aniqlanadigan ion va kompleks hosil kiladigan boshqa ion, bilan barqaror kompleks birikma hosil qilish reaksiyalarga asoslangan. Kompleksonlar - organik birikma tabiatli moddalar bo'lib, ular aminopolikarbon kislotalarning hosilalaridir.Kompmleksonlarning eng birinchi vaqili iminodisirka kislotadir: SN2SOON ∕ N-N . SN2SOON Titrimetrik analizda ko'p qo'llaniladigan kompleksonlarga: nitrilotrisirka kislota ya'ni komplekson I, SN2SOON ⁄ NOOS - SN2 - N SN2SOON Etilen diaminotetrasirka kislota yoki komplekson II NOOSSN2 SN2SOON N -SN2 - SN2 - N NOOSSN2 SN2SOON Etilendiamintetrasirka kislotaning ikki almashingan natriyli tuzi, ya'ni komplekson NOOSSN2 SN2SOONa N -SN2 - SN2 - N NaOOCSN3 SN2SOON Komplekson II agrokimyoviy analizlarda ko'p ishlatiladi, oddiyrok bo'lsin uchun ba'zan trilon B yoki qisqacha Na2H2Tch deb ataladi. Bu kuchsiz kislota xossalariga ega , suvda oson eriydigan va organik erituvchilarda erimaydigan ok kristall modda. Na2H2T ch ko'p kationlar bilan barqaror ichki kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalarda metall ioni karboqsil gruppadagi vodorod atomining o'rnini egallaydi va koordinatsion boglar orqali komplekson II tarkibidagi azot bilan boglanadi. Na2H2Tch bilan ikki zaryadli kation Me2+ orasidagi kompleks hosil bo'lish reaksiyasining tenglamasi quyidagicha : NOOSSN2 SN2 -SOONa N -SN2 - SN2 - N +Me2+ = NaOOCSN3 SN2 - SOON HOOSSN2 SN2 -SOONa = N -SN2 - SN2 - N +2H+ ⁄ NaOOCSN2 Me SN2 -SOON Kompleks birikma formulasidagi yoppa chiziq bilan odatdagi(ionli), punktir chiziq bilan esa koordinatsion bog'lanish ifodalangan. Komplekson II ning qisqacha formulasidan Me2+ ionlari bila kompleks hosil bo'lish reaksiyasini quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin: Me2++Na2H2Tch = [ Na2CaTch]+2H+ Muvozanatni kompleks birikma hosil bo'lish tomoniga siljitish uchun eritmaga amiakli bufer eritmasi qo'shiladi Kompleksion II ishqoriy - yer metallarning ionlari (Ca2+, Mg2+, Ba2+) bilan ichki kompleks hosil kiladiki, bu kationlarni boshqa usullar bilan kompleks birikmalar holatiga o'tkazish qiyin. Ca2+, Mg2+, Ba2+ ionlari mavjud eritmalarini komplekson II ishchi eritmasi bilan titrlab ushbu miqdorini aniqlash mumkin. Titrlash paytida ekvivalent nuqtani aniqlashda indikatorlardan foydalaniladi. Ana shu maqsadda mureksid yoki boshqa maxsus indikator kora erioxrom T dan foydalanish mumkin. Bunday indikatorlar metall indikatorlar deb ataladi. Ular organik boyoqlar bo'lib, aniqlanadigan kationlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu kompleks birikmalar Triolon-B bilan hosil qilingan kompleks birikmalarga nisbatan bekaror bo'ladi. Masalan kora erioxrom T Mg2+, Ca2+, va boshqa bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.32 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.32 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga