Kompleks birikmalar

Kompleks birikmalar

O'quvchilarga / Fizika
Kompleks birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Kompleks birikmalar Reja: Kompleks birikmalarning olinishi Koordinatsion nazariya asoslari Kompleks birikmalarning sinflanishi Kompleks birikmalarning nomlanishi Kompleks birikma eritmalaridagi muvozanat Kompleks hosil bo'lish reaksiyalarining yo'nalishi Ichki kompleks birikmalar Kompleksonometrik titrlash Kompleks birikmalar tabiatda va odam organizmida keng tarqalgan birikmalardir. Organizmda faoliyat ko'rsatadigan fermentlarning 700 dan ortig'i metallofermentlar hisoblanadi. Ular kimyoviy tabiatiga ko'ra kompleks birikmalardir. Shu bilan bir qatorda dori preparatlarining katta qismini kompleks birikmalar tashkil etadi. Ularning tuzilishi va xossalarini bilgan holda fermentlarning tanadagi faoliyatini o'rganish, dori preparatlarining ta'sirini oldindan ayta olish mumkin. Tabiatda uchraydigan barcha kimyoviy moddalarni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin: Oddiy, yoki birinchi darajali moddalar, ular qatoriga H2O, NH3, AgCI, KCN va boshqalar kiradi. Murakkab yoki yuqori darajali moddalar, ularga [Ag(NH3)2]CI, K4[Fe(CN)6], K2[HgCI4] va boshqalar kiradi. Keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, birinchi darajali moddalar oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar va binar moddalardir. Ular qatoriga ko'pgina organik birikmalar ham kiradi. Murakkab, yoki yuqori darajali birikmalar birinchi darajali birikmalarning ta'sirlashishi natijasida hosil bo'ladi. Ular o'z navbatida bir qancha turlarga bo'linadi: Qattiq holda barqaror bo'lgan birikmalar. Ular suvda eritilganda boshlang'ich moddalarni yoki ularning ionlarini hosil qiladi. Ularni qo'sh tuzlar deb ataladi. Masalan, KClˑMgCl2ˑ6H2O o'ziga xos kristall panjaraga ega bo'lib, eritilganda K +, Cl-, Mg2+ ionlarini hosil qiladi. Qattiq holda va suvli eritmalarda murakkab ion hosil qiluvchi birikmalar: masalan, NH3 va HCl ning o'zaro ta'siridan NH4Cl hosil bo'ladi. Qattiq holda uning kristall panjarasi tugunlarida hamda suvli eritmada ham NH4 +, Cl- ionlari bo'ladi. Yuqorida keltirilgan, a va b holatlarni ko'rib chiqish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, b turdagi birikmalarning hosil bo'lishi sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ladi, ya'ni bunda boshlang'ich moddalardan o'zining xususiyati va xossalari bilan keskin farq qiladigan, kristall holda hamda eritmada mavjud bo'la oladigan, kompleks birikmalar deb ataladigan yangi modda hosil bo'ladi. Ushbu moddalarning hosil bo'lishi markaziy atom va uni o'rab olgan qarama-qarshi zaryadli ionlar (yoki qutbli molekulalar) ning o'zaro ta'siridan yuzaga keladi. Kompleks birikmalar tarkibida bir qancha bog' turlari kuzatiladi. Masalan, [Cu(NH3)4]SO4 birikmasi tarkibida qutbli kovalent, ion va donor-akseptor bog'lari mavjud. CuSO4 va NH3 birikmalarining o'zaro ta'sirlashib yangi bog'larning hosil bo'lishini har qanday atom va molekulalar orasidagi tortishish kuchlari mavjudligi bilan tushuntiriladi. Markaziy atomni orab olgan qutbli guruhlar (yoki ionlar) va markaziy atom orasidagi tortishuv kuchlari bilan bir qatorda qutbli guruhlar (yoki ionlar) orasida o'zaro itarishish kuchlari ham ta'sir etadi. Ular markaziy atom bilan birgalikda eritmada yagona ion hosil qiladi. Natijada erkin molekulalar o'zaro bog'lanib yangi molekulalarga (kompleks birikmalar) aylanadi: CuSO4 + 4NH3 = CuSO4·4NH3 = [Cu(NH3)4]SO4 Reaksiya natijasida hosil bo'lgan birikma ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 154.6 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:53 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 154.6 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga