Kompton effekti haqida umumiy ma'lumot

Kompton effekti haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Fizika
Kompton effekti haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Kompton effekti Reja: Kompton effekti Mikrozarralarning to'lqin xususiyatlari Elektron difraksiyasi 1905 yil A.Eynshteyn tomonidan taqdim etilgan fotoeffektning tushuntirilishi amerika fizigi A.Kompton (1922 yil) tajribalarida o'zining eksperimental ifodasini topdi. Kompton moddaning erkin (yoki atomlar bilan kuchsiz bog'langan) elektronlarida qisqa to'lqinli rentgen nurlanishini elastik sochilishini tadqiq qildi. U tomonidan kashf etilgan, keyinchalik Kompton effekti deb nom olgan effekt, sochilishda nurlanish to'lqin uzunligining o'zgarishi mumkin emas - degan to'lqiniy nazariyaga mos kelmasligi ma'lum bo'ldi. To'lqin nazariyasiga binoan, elektron yorug'lik to'lqinining davriy maydoni ta'siri ostida, to'lqin chastotasida majburiy tebranish hosil qiladi va shuning uchun shu chastotadagi to'lqinlarni nurlantiradi. Kompton effekti chizmasi 19.1-rasmda berilgan. R Rentgen trubkasidan chiqadigan 0 to'lqin uzunligidagi monoxromatik rentgen nurlanishi qo'rg'oshin diafragmalar orqali o'tadi va ingichka dasta ko'rinishida nishon modda R (grafit, alyuminiy) ga yo'naladi. Qandaydir burchak ostida tarqalgan S rentgen nurlari stolchaga buriluvchan qilib maxkamlangan difraksion panjara rolini o'ynaydigan K kristall o'tadigan nurlanish Rentgen spektrografi yordamida tahlil qilinadi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, sochilgan nurlanishda to'lqin uzunligining o'zgarishi tarqalish burchagiga bog'liqligi kuzatiladi: =-0=2sin2(2), бu еrда =2,4310-3 nm - sochadigan modda xususiyatlariga bog'liq bo'lmagan Kompton to'lqin uzunligi deb ataladi. Sochilish nurlanishida to'lqin uzunlikli spektral chiziq bilan bir qatorda (0 to'lqin uzunlikli siljimagan chiziq ham kuzatiladi. Siljigan va siljimagan chiziqlar intensivliklari munosabati modda turiga bog'liq. 19.2-rasmda ba'zi bir burchak ostida sochilgan nurlanish spektri - intensivlik taqsimoti egri chizig'i ko'rsatilgan. Kompton effekti 1923 yilda A.Kompton va P.Debay (mustaqil ravishda) tomonidan nurlanish tabiati, haqida kvant tasavvurlari asosida tushuntirib berildi. Agar nurlanish bu fotonlar oqimi deb qabul qilinsa, unda Kompton effekti - bu rentgen fotonlarini moddaning erkin elektronlari elastik to'qnashuvi natijasidir. Moddalarning yengil atomlarida elektronlar atomlar yadrolari bilan kuchsiz bog'langan, shuning uchun ularning erkin deb hisoblash mumkin. To'qnashish jarayonida foton elektronga saqlanish qonuniga binoan o'z energiyasining va impulsining bir qismini beradi. Ikkita zarraning, ya'ni energiyasiga va impulsiga ega uchadigan tinchlik energiyasi ga teng bo'lgan tinch turgan elektron bilan elastik to'qnashuvini ko'rib chiqamiz. Foton elektron bilan to'qnashib, o'z harakat yo'nalishini o'zgartiradi (ya'ni sochiladi). Sochilgandan keyin foton impulsi p=hc ga, energiyasi esa E=h ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 236.72 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 236.72 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga