Ko'p elektronli atomlar Reja: 1. Ishqoriy metallarning spektrlari. 2. Spontan va mavburiy nurlanishlar 3. Lazerlar. Lazer nurlarining xossalari. 4. Mendeleyev davriy sistemasi. 1. Ishqoriy metallarning spektrlari. Ishqoriy metallar chiqarish spektrlari, vodorod spektri singari, bir necha seriyaga qarashli chiziqlardan tashkil topgan. Ulardan eng intensivlari bosh seriya, aniq seriya, diffuz seriya va asosiy seriyalarga bo'linadi. Ishqoriy metallar seriyalarning chastotalarini hisoblashga imkon beruvchi empirik formulalarni bundan oldingi asr oxirlaridayoq Ridberg topgan. Bu formulalar hamma seriyalar uchun o'xshash bo'lib, quyidagi ko'rinishga ega: bunda ω∞ - seriya chegarasiga mos keluvchi chastota, R - Ridberg doimiysi, n - butun son, α - kasr soni. Aniq seriya: (n=4,5,) s-seriya momenti. Bosh seriya: (n=3,4,) Diffuz seriyasi: (n=3,4,) Asosiy seriya: (n=4,5,) 2. Spontan va majburiy nurlanishlar. 1925-yili amerikalik fiziklar Jorj Ulenbek (1900) va Semyuel Gaudsmit (1902-1979) agar elektron xususiy mexanik va magnit momentlarga ega deb faraz qilinsa, Shtern va Gerlax, A.Eynshteyn va de Gaaz tajribalarini ham, atomlarining spektral chiziqlarini bo'linishini ham tushuntirish mumkinligini isbotladilar. Klassik fizika nuqtai nazaridan qaraganda elektron o'z o'qi atrofida aylangandagina xususiy impuls va magnit momentiga ega bo'ladi. Elektron zaryadga ega bo'lishi natijasida magnit momenti vujudga keladi. Elektronning xususiy impuls momentini spin, xususiy magnit momentini spin magnit momenti deb ataladi. Spin inglizcha so'z bo'lib, aylanmoq degan ma'noni anglatadi. Bu terminni ishlatilishiga sabab o'sha vaqtda elektronni o'z o'qi atrofida aylanuvchi zaryadli sharcha sifatida tasavvur qilingan. Lekin bunday tasavvur noto'g'ri ekanligi keyinchalik ma'lum bo'ldi. Chunki, elektron uchun odatdagi impuls va magnit moment qiymatini olish uchun u yorug'lik tezligidan yuz martadan ham katta chiziqli tezlikda aylanishi kerak ekan. Bu esa Eynshteyn nisbiylik nazariyasiga zid keladi. Bunday bo'lishini hisoblab ko'rish mumkin. Elektronning mexanik impuls momenti L = I = 25mr2 . = 25 m0r formula bilan aniqlanadi. Bu formulada 0 elektronning ekvatoridagi chiziqli tezligi. Agar elektronni spin momenti Ls=12ekanligini hisobga olsak, 0 uchun qiymat kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda elektron spini, uning aylanishini bildirmaydi, spin xuddi zaryad va massa kabi elektronning impuls momentini bildiruvchi kattalik hisoblanadi. Elektron spinni uning aylanishi bilan bog'lash noto'g'ri ekanini zaryadsiz zarracha-neytron ham mexanik momentdan tashqari spin magnit momentiga ega bo'lishida ko'rishimiz mumkin. Elektronning spin mexanik momenti ham orbital mexanik momentga o'xshab kvantlanadi, ya'ni Bu formulada S = 12 ga teng bo'lib, spin kvant soni deb ataladi. Spin magnit momentining qiymati ifoda bilan aniqlanadi. Elektronning spin mexanik momentida ham fazoviy kvantlanish mavjud, ya'ni u fazodagi ixtiyoriy Z yo'nalishda ikkita proyeksiyaga ega, Bu ifodada ms = ga teng bo'lib, magnit spin kvant soni deb ataladi. Bundan ko'rinadiki, elektron ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.66 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.66 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:37 ]
Arxiv ichida: doc