Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti

Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti

O'quvchilarga / Fizika
Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 31-mavzu: Kuch momenti. Richag va uning muvozanat sharti Quyidagicha tajriba o'tkazib ko'raylik. G'ildirakni olib, undan qo'zg'almas o'q o'tkazaylik. G'ildirak o'qiga F kuchni 54-rasmda ko'rsatilganidek 1 nuqtaga ta'sir ettiraylik. G'ildirak harakat qilmaydi. Endi shu kuchni 2 nuqtaga qo'yaylik. G'ildirak harakatga keladi. F kuchni aylanish o'qidan yanada uzoqroqqa qo'ysak, g'ildirak shunchalik tez aylanadi. Demak, aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarning harakati faqat unga qo'yilgan kuch kattaligiga bog'liq bo'lmasdan, balki kuchni aylanish o'qidan qancha uzoqlikka qo'yil ganligiga ham bog'liq bo'lar ekan. Aylanish o'qidan kuch qo'yilgan nuqtagacha bo'lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo'nalishi bilan yelka o'zaro tik yo'nalgan deb qaraladi. Aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarda harakat qo'yilgan F kuchga hamda yelka l ga bog'liq bo'lganligidan kuch momenti deb ataluvchi fizik kattalikni kiritamiz, Uning birligi M = 1 N · m. Siz kundalik turmushda og'ir toshni yoki yukni joyidan siljitishda uning tagiga lom tiqib ko'tarishganini ko'rgansiz (55-rasm). Bunda lom uchiga F1 kuch bilan ta'sir etib, ikkinchi uchidan F2 kuch olinadi. F2 kuch F1 dan bir necha barobar katta bo'ladi. Demak, bu qu rilmada kuch dan yutish mumkin ekan. Qo'zg'almas tayanch atrofida aylana oladigan qattiq jismga richag deyiladi. 55-rasmda richagning ayla nishi O nuqta atrofida bo'ladi. Quyidagi tajribani o'tkazaylik. Shtativga qalin chizg'ichni O nuqta atrofida aylana oladigan qilib o'rnataylik. Richagning o'ng tomoniga olti birlik masofada (A) bitta yukni osaylik. Ikkin chi tomonida esa uch birlik maso faga (B) bitta yukni osib qo'ysak, muvozanatda bo'lmaydi. Muvozanat bo'lishi uchun ikkita yukni osish kerak bo'ladi. A nuqtaga ikkinchi yukni ossak, muvozanatni saqlash uchun B nuqtaga to'rtta yukni osishga to'g'ri keladi (56-rasm). Demak, richagda ta'sir etuvchi kuchlar va kuch yelkalari orasida quyidagicha munosabat bo'ladi: bo'lganda aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlar muvozanatda bo'lishi kelib chiqadi. Bunga momentlar qoidasi deyiladi. Ko'rilgan tajribada M1 kuch momenti richagni soat strelkasi yo'nalishida aylantirishga harakat qilsa, M2 kuch momenti uni soat strelkasiga teskari yo'na lishda harakat qildiradi. Richaglar turmush va texnikada keng qo'llaniladi. Masalan, oddiy qaychini olib qaralsa, unda qo'lning F1 kuchi dastasiga, F2 kuch esa matoga qo'yiladi. F2 kuch aylanish o'qiga yaqin joylashganligidan F1 dan katta bo'ladi. Shu tamoyilga asosan mix sug'uruvchi ombur, tunuka qirquvchi qaychilar ishlaydi (57-rasm). Oldingi mavzularda ko'rilgan shayinli tarozi - yelkalari teng bo'lgan richagdir. Agar tarozi yelkalarini turli uzunlikda olinsa, kichik massali tarozi toshlari bilan katta massali jismlarni o'lchash mumkin. Inson va hayvonlarning tuzilishida richag tamoyili asosida ishlaydigan qismlari ham mavjud. Qo'l va oyoq suyaklari mushaklar bilan birgalikda richag hosil qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 443.7 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:39 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 443.7 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga