Kuchaytirgichlar. gidrohajmli rul boshqarmalari. Reja: 1. Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmlari. Rul yuritmalari. Avtomobillardan foydalanish davrida rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar. Kuchaytirgichlar. Hozirgi paytda o'rtacha vaznli o'tag'on hamda o'rta va og'ir vaznli yuk avtomobillari, shuningdek, avtobuslarning rul yuritmalarida kuchaytirgich ishlatiladi. Kuchaytirgich - g'ildiraklarni burishga sarflanadigan kuchni kamaytiradi, natijada avtomobilning boshqarilishini osonlash -tirib, yengil va qulay burilishni ta'minlaydi. Kuchaytirgich avtomobil notekis yo'ldan yurganda, rul chambaragiga ta'sir etadigan turtkini yumshatadi va avtomobilni katta tezlikda uning harakatlanish xavfsizligini oshiradi. Masalan, boshqariluvchi g'ildiraklardan biri shikastlansa, avtomobilni to'g'ri chiziqli harakatini va turg'un holatini saqlab qolishga imkon yaratadi. 33-rasm. Rul yuritmasi. Shuning uchun hozirgi paytda tezyurar yengil avtomobillarning (Neksiya) rul boshqarmasi ham kuchaytirgich bilan jihozlangan. Kuchaytirgichlar boshqarish jarayonida to'la kuzatish qobiliyatiga ega bo'lishi (ya'ni, yo'naltiruvchi g'ildirakning burilishi, haydovchi tomonidan rul chambaragining burilishiga to'la mos kelishi), avtomobilni to'g'ri chiziqli harakati paytida g'ildirakning to'siqqa uchrab majburan burilishida o'z-o'zidan ishga tushmasligi, biror sabablar bilan shikastlanib ishdan chiqmasligi, avtomobilning boshqarilishiga xalaqit bermasligi, yuqori sezgirlikka ega bo'lib, juda ham qisqa vaqt ichida tizimning ishga solinishini ta'minlashi kerak (34-rasm). Kuchaytirgich qo'yidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: ta'minlash manbai-gidronasos yoki kompressor; taqsimlagich; gidrosilindr. 34-rasm. Rul gidrokuchaytirgichi. 1-nasos; 2-tarqislagich korpusi; 3-rul mexanizmi; 4-rul soshka; 5-bog'lovchi trubka; 6-bachok. Kuchaytirgichlarni harakatga keltiradigan yuritma gidravlik va pnevmatik bo'lishi mumkin. Kuchaytirgich qismlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi to'rt xil bo'lishi mumkin: kuchaytirgichning hamma qismlari bir joyda joylashgan (ta'minlash manbaidan tashqari); rul mexinizmi alohida. Taqsimlagich va gidrosilindr bir agregatda joylashgan; rul mexanizmi va taqsimlagich bir agregatda gidrosilindr ayrim joylashgan; hamma qismlari (rul mexanizmi, taqsimlagich, gidrosilindr) ayrim joylashgan. 35-rasm. Rul gidrokuchaytirgichini ishlash prinsipi sxemasi: a-rulning ishsiz holatida; b-rul burilish holatida. 1-rul mexanizmi; 2-zolotnik; 3-taqsimlagich korpusi; 4-gidrosilindr; gidrosilindr porsheni; 6-reaktiv shayba; 7-markazlashgan prujina; 8-yuqori bosimli magistral; 9-klapan; 10-nasos; 11-past bosimli magistral;12-bachok; 13-filtr. Yuqorida qayd etilgan kuchaytirgichning joylashuv tartibida va konstruksiyasida o'ziga xos afzalliklar va kamchiliklar mavjud. Bular puxtaligi, ishonchli ishlashi, ixchamligi va narxi bilan baholanadi. Gidrokuchaytirgich ishlash prinsipi sxemasi 68-rasmda keltirilgan. Nasos avtomobil dvigatelidan harakatni oladi. Nasosning tepa qismida moy solish uchun maxsus asbob o'rnatilgan. Moy nasosdan, o'tkazgichlar orqali taqsimlagichga uzatiladi. Taqsimlagich korpus va zolotnikdan iborat. Zolotnik shtanga orqali avtomobilning rul mexanizmiga ulangan, korpus esa boshqariluvchi g'ildirakning burish sapfasi richagi bilan shtanga orqali birlashtirilgan. Taqsimlagich va moy o'tkazgichlar bilan gidrosilindrning ikki kamera- siga ulangan. Silindr avtomobil ramasiga sharnir ravishda mahkamlangan. Uning porsheni shtok orqali, boshqariluvchi g'ildirakning buri- lish sapfasiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Moy o'tkazgich taqsimlagichni moy baki bilan ulaydi. Avtomobillardan foydalanish davrida rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar Rul boshqarmasining asosiy nosozliklariga rul mexanizmi karterining ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.15 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.15 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:54 ]
Arxiv ichida: doc