Kuchli elektrolitlar nazariyasining asosiy qoidalari

Kuchli elektrolitlar nazariyasining asosiy qoidalari

O'quvchilarga / Fizika
Kuchli elektrolitlar nazariyasining asosiy qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Kuchli elektrolitlar nazariyasining asosiy qoidalari Reja: Ionlar o'rtasidagi o'zaro elektrostatik tortishuv kuchi. Aktivlik va aktivlik koeffitsiyenti. Eritmaning ion kuchi va uni hisoblash. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi kuchsiz elektrolit eritmalari uchun tadbiq qilinishi mumkin. 1923 yil fanga Debay va Xyukkel tomonidan kiritilgan kuchli elektrolitlar nazariyasi bo'yicha kuchli elektrolitlar eritmada tulik, yani 100% dissotsilangan bo'ladi. Xakikatda esa kuchli kislota, asos va tuzlarning 1N va 0,1 N eritmalarining xam ionlanish darajasi 100%dan kam ekanligini kuzatish mumkin. Bu farq kuchli elektrolitlar nazariyasi bo'yicha ionlar orasidagi o'zaro elektrostatik ta'sir hisobiga kelib chiqish bilan tushuntiriladi. Ionlar elektr zaryadiga egaligi uchun xar bir ion qarama-qarshi zaryadli ionlarni tortadi va bir xil zaryadli ionlarni itaradi. Kulon qonuni bo'yicha ikki elektrik zaryadlangan zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchi (f) ularning zaryadlari qiymati (e)kupatmasiga to'g'ri proportsional va zarrachilarning markazlari orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsionaldir. Ionlar orasidagi o'zaro tortish kusining ortishi hisobiga ionlarning harakat tezligi susayadi, bu esa eritmalarning elektr o'tkazuvchanligini kamayishiga olib keladi (-elektr o'tkazuvchanlik asosida topiladi). 1907 yilda Lyuis fanga aktivlik tushunchasini kiritishni taklif kildi: Ionlarning real zarracha sifatida kimiyoviy reaksiyalardagi effektiv kontsentratsiyasi aktivlik nomi bilan yuritladi. Kuchli elektrolitlar uchun ionlararo tortishish kuchi namoyon bo'lishi hisobiga ionning aktivligi uning molyar kontsentratsiyasidan doimo kam bo'ladi. Aktivlik tushunchasi bilan aktivlik koeffitsiyenti tushunchasi bog'liqdir . Bu tushuncha 1918 yili daniyalik olim Berrum tomonidan taklif qilingan. Aktivlik koeff. ionlarning harakatchanligini kamaytirishga sababchi buladigavn eritmada yuz beradigan hodisalarni ifodalovchi kattalikdiir. Aktivik koeff. (f) son eni xatdan ion aktivligini ionning umumiy moyar kontsentratsiyasiga nisbati bilan ifodalanadi: Ionlarning aktiv koeff. eritmada ishtirok etuvchi xamma boshqa ionlar kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Aktivlik koeff. qiymati eritmaning ion kuchining ortishi bilan kamayadi. Ion kuchi () eritmadagi xamma ionlar orasidagi elektrostatik o'zaro ta'sirning o'lchovi bo'lgan eritmaning elektr maydonining qiymatidir. Eritmaning ion kuchi 1921 yil Lyuis va Rendel takllif kilgan formula asosida hisoblanadi. bu yerda S1, S2, Sn - eritmadagi ayrim ionlarning molyar kontsentratsiyalari: Z12, Z22, Zn2 - ularning kvadratda olingan zaryad miqdorlari. Eritmaning ion kuchi eritmadagi mavjud barcha ionlar kontsentratsiyalarining usha ionlar zaryadi kupaytmalari yig'indisining yarmiga teng: Eritmalarning ion kuchini hisoblashga doir masalalar echib ko'rsatish ([6]. 38 - 44 betlar) Tayanch tushunchalar: Ion aktivlagi - ionning kimyoviy reaksiyadagi real kontsentratsiyasi. Aktivik koeffitsiyenti - aktivlikni ionning molyar kontsentratsiyasiga nisbati bilan ifodalanadi. Ion kuchi - eritmaning elektr maydonining kattaligi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.02 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.02 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga