Kuchning nuqtaga va o'qqa nisbatan momenti. Juft kuchlar. Juft kuchlarning momenti. Ekvivalent juftlar

Kuchning nuqtaga va o'qqa nisbatan momenti. Juft kuchlar. Juft kuchlarning momenti. Ekvivalent juftlar

O'quvchilarga / Fizika
Kuchning nuqtaga va o'qqa nisbatan momenti. Juft kuchlar. Juft kuchlarning momenti. Ekvivalent juftlar - rasmi

Material tavsifi

Kuchning nuqtaga va o'qqa nisbatan momenti. Juft kuchlar. Juft kuchlarning momenti. Ekvivalent juftlar. Reja: 1. Kuchning nuqtaga (markazga) nisbatan momenti. 2. Kuchning o'qqa nisbatan momenti. 3. Teng ta'sir etuvchi kuchning momenti haqidagi Varing'on teoremasi. 4. Juft kuch. Juft kuchning momenti. 5. Bir tekislikda joylashgan juftlarni qo'shish va juftlarning muvozanatlik sharti. 1.Kuchning nuqtaga (markazga) nisbatan momenti. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, kuchlar nafaqat jismni ilgarilama harakat qildiraolar ekan, bazi hollarda ixtiyoriy berilgan nuqta atrofida aylanma harakat berishlari ham mumkin ekan. Buning uchun shu tanlangan nuqta qo'zg'almas deb hisoblanadi. U holda bu jismga ta'sir etuvchi kuchlar o'zlarining yo'nalishi va son qiymatlariga bog'liq ravishda aylantiruvchi effekt beradilar, ushbu effektni mexanika tilida kuchning momenti deb ataladi (1 shakl ). 1 shakl. Kuchning biror nuqtaga nisbatan momenti deb, shu kuchning modulini(son qiymatini), uning shu nuqtagacha bo'lgan elkasiga ko'paytmasiga aytiladi. Kuchning nuqtaga nisbatan elkasi deb, shu berilgan nuqtadan kuchning ta'sir chizig'iga tushirilgan perpendikulyarning uzunligiga aytiladi. Demak, biror nuqtaga nisbatan kuchning momentini aniqlash uchun, shu kuchning modulini (son qiymatini), uning shu nuqtaga nisbatan elkasiga ko'paytmasiga aytilar ekan. Ikkinchidan tanlangan nuqta atrofida jism soat strelkasining qaysi tarafiga qarab aylanishiga ko'ra uni musbat yoki manfiy ishora bilan belgilanadi. Nazariy mexanika fanida, jismga ta'sir etayotgan kuchlar, jismni berilgan nuqta atrofida soat strelkasi tomonga aylantirsalar, uning momenti manfiy ishora bilan belgilanadi, agar soat strelkasi yo'nalishiga teskari tomonga aylantirishsa musbat ishora bilan belgilanishi qabul qilingan. Masalan shaklda ko'rsatilgan kuchning O nuqtaga nisbatan momenti, quyidagicha yoziladi, yani (1) Ushbu yozuvdan ko'rinib turibdiki, lotincha m - harfi kuchning momentini belgilaydi, indeksdagi O harfi, kuchning qaysi nuqtaga nisbatan momenti hisoblanayotganligini ko'rsatadi. Qavs ichida qaysi kuchning momenti aniqlanayotganligi ko'rsatilgan, barobardan keyin shu kuchning ta'sirida jism, o'sha nuqta atrofida qaysi tomonga aylanishiga bog'liq ravishda, tegishli musbat yoki manfiy ishora qo'yilgan. Undan keyin tegishli kuchning son qiymatini uning shu nuqtaga nisbatan elkasiga ko'paytmasi bilan ifodalanadi. SHunga ko'ra kuchning nuqtaga nisbatan momentining o'lchov birligi (Nm)larda o'lchanadi, yani kuch birligi (Ng'yuton)ning uzunlik birligi (metr)ga ko'paytmasi bilan o'lchanadi. Kuchning nuqtaga nisbatan momentining quyidagi xususiyatlari bilan tanishib o'tish lozim deb hisoblayman: Kuchni o'z ta'sir chizig'i bo'ylab boshqa nuqtaga ko'chirsak, uning o'sha nuqtaga nisbatan momenti o'zgarmaydi. Agar kuchning son qiymati nolga teng bo'lsa, yoki uning ta'sir chizig'i berilgan markazni kesib o'tsa, uning shu markazga nisbatan olingan momenti nolga teng bo'ladi. Kuchning nuqtaga nisbatan momentining son qiymati, shu kuchning vektori bilan berilgan nuqtaga qurilgan uchburchakning ikkilangan yuzasiga teng (shakl 1 b). Kuchning nuqtaga nisbatan momenti vektor qiymat bo'lib, u kuch qo'yilgan nuqtaning radius vektori bilan kuch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.93 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.93 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga