Kulni tutib qolish va tutun gazlarni tozalash Reja: 1. Kulni tutib qolish usullari. 2.Tutun gazlarni tozalash usullari. Tutun gazlar bilan atmosferaga chiqib ketuvchi kulni yo'qotish uchun ancha qiyin ish. Juda mayda uchuvchan kul tevarakni ifloslantiriadi, tirik organizmlarga va o'simliklarga zararli ta'sir etadi. Sanitariya normalariga ko'ra nafas olish zonasida kulni o'rtacha sutkalik konsentratsiyasi 0,15 mgm3 dan ortib ketmasligi kerak. Bundan tashqari obraziv xususiyatlarga ega bo'lgan kul tutun tortish yo'llarini tez ishdan chiqaradi. Shuning uchun qattiq yoqilg'ilarni yoqishda qozon agregati gaz yo'llarni boshdan oxirigacha kulni tutib qoluvchi qurilmalar o'rnatilgan. Sanoat korxonalari va elektr stansiyalari loyihalashni sanitariya normalariga ko'ra tutun quvurlari ancha baland bo'lishi kerak. Kul tutib qolish qurilmalarida tutilmagan qismi tutun gazlar bilan birgalikda atmosferani yuqori qatlamiga ko'tarilib chiqadi. Katta balandlikda kul tarqalib ketadi va havo bilan aralashib atmosferani quyi qatlamlariga siyrak holda qaytib tushadi. Tutun gazlarni kuldan tozalash uchu inertsion kul tutkichlar ( quruq va ho'l ) hamda elektrofilrtlar ishlatiladi. Inertsion kul tutugichlarni sxemasi. Quruq inertsion kul tutgichlar rasmda harakatlanayotgan kul zarralarining markazdan qochuvchi kuchidan foydalanish asosida ishlaydi. Tutun gazlar oqimi uyurmalovchi ulitkalar orqali siklon 2 ga yo'naladi: bu yerda gazlarning harakati uyurma harakatga aylanadi: kul zarralari markazdan qochuvchi kuch ta'sirida siklon korpusiga urilib tormozlanadi va harakatlanayotgan gaz oqimidan ajralib bunkerga tushadi. Kuldan tozalangan tutun gaz kul tutugichidan quvur orqali atmosferaga chiqib ketadi. Bunday siklonda tutun gazlarinig tozalanish darajasi 60 % ga teng. Batareya qilib tuzilgan va alohida kojuxga joylashtirlgan kichikroq diametrli ( 150-250 mm ) siklonlar batareyaviy siklon deyiladi. Bunday siklonda gazlarni tozalash darajasi 65-70% ga etadi. Ho'l inertsion gaz tutgichlar rasmda zarralarning markazdan qochirma kuchidan foydalanish asosida ishlaydi, lekin bunda kul nam holida chiqarib yuboriladi. Buning uchun kul tutukichlarining tutun gazlari oqimi kiradigan potrubasiga panjara 2 o'rnatiladi va unga forsunka 3 orqali suv beriladi, bunda gaz kuldan qisman tozalanadi. Gaz kornus I ga kirganda siklon ta'sirida uyurmali harakat qiladi va kul zarralarining korpus devorlariga qisiladi forsunka 4 orqali beriladigan suv korpus devorlardan yupqa parda hosil qilib turadi va kulni yuvadi. Tozalangan gaz atmosferaga chiqib ketadi. Bunday tipdagi kul tutgichlarda tutun gazlarini tozalash darajasi 85-90% ga etadi. Elektr filtrlar gazlarning yuqori kuchlanishli tok ta'sirida ionlanishidan hosil bo'lgan zarrlarning ajratish prinsipida ishlaydi. Elektrfiltrlarning asosiy qismari: ikkita elektrod-qalinligi 2 mm gacha bo'lgan xrom sim tarzidagi toj hosil qiluvchi va diametr 250-300 mm. li metall quvur I ko'rinishdagi cho'ktirish elektrodi. Elektrodlarga yuqori kuchlanishli o'zgarmas tok «toj hosil qilish» elektrodiga manfiy ishorali, cho'ktirish elektrodiga musbat ishorali tok beriladi. Cho'ktirish elektrodlarining (quvurning) ichida yuqori kuchlanishli ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.06 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.06 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:39 ]
Arxiv ichida: doc