Kvant fizikasi tarixi Reja. 1. Borning vodorod atomi naariyasi. ( Shredinger tenglamasi). 2. Plank g'oyalari. 3. V.Geyzenberg, P. Dirakning ishlari. Kvant mexanikasi xoxirgi zamon nazariy fizikasining muhim bo'limlaridan bo'lib, mikrozarralar (elektron, proton va boshqa elementar zarralar, atomlar, molekularlar, atom yadrolari) va ular sistemasining harakat qonunlarini, bu harakatlarni tasiflash usullarini o'rganadi. Uning yordamida zarrachalar va sistemani xarakterlovchi kattaliklar bilan tajribada bevosita ulchanadigan kattaliklar o'rtasidagi munosabatlar hisoblab topiladi. Nyuton mexanikasining muhim ikkita kamchiligi mavjud. Birinchidan, u tezligi yorug'lik tezligiga yaqin jismlarning harakati uchun yaroksizdir. Bu holda Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasi asosida kurilgan relyativistik mexanika metodlaridan foydalanish talab etiladi. Ikkinchidan, Nyuton mexanikasi va shuningdek uni xususiy xol sifatida o'z ichiga oluvchi relyativistik mexanika mikrozarralar harakatini o'rganishga tadbiq etilgandan kupincha tajribaga mos tushadigan natijalar bermaydi. Kvant mexanikasi mikrozarrachalar dunyosini fizik tavsiflashning umumiyrok nazariyasi bo'lib, tekshirilayotgan masalalarda ta'sir o'lchovidagi fizik kattaliklar Plank doimiysi h ga karaganda juda katta bo'lib xususiy xollarda klassik mexanikaga utadi. Kvantlar nazariyasining vujudga kelishidagi 2- muhim kadamni 1905 yilda buyuk nazariyotchi Albert Eynshteyn kuydi. U Plank g'oyalarini rivojlantira borib yorug'lik kvatlari gipotezasini o'rtaga tashladi. Eynshteyn 1901 yilda Plank g'oyalarini umumlashtirib qattiq jismlar issiqlik sigimining 1-kvant nazariyasini kurdi. U quyidagi mulohazalarga tayandi : qattiq jismlar issiqlik harakati asosan, atomlarning tebranishiga keltiriladi : shuning uchun issiqlik harakati asosan atomlarning tebranishga keltiriladi , shuning uchun issiqlik xodsialarini o'rganishda qattiq jism turli cxatotalarda tebranayotgan ostsilyatorlar (energiyasi xam kvantlashgan) to'plamiga dinamik ekvivalent, bunday ostsilyatorlar energiyasi xam kvantlashgan. yuqorida haroratlarda molyar issiqlik sigimi uchun Eynshteyn nazariyasidan klassik fizikadan malum bo'lgan Dyulong - Pti qonuni, past haroratlarda esa mashxur Eksponentsial qonuniyatlar kiritish yo'li bilan rivojlantirib, 1912 yilda nemis fiziklari Peter Debay va Maks Born, T.Karmanlar kristall qattiq jismlar issiqlik sigimining tajribaga mos kelgan kvant nazariyasini yaratdilar. Shredinger tenglamalari : bir vaqtning uzida to'lqin va korpuskulyar xususiyatga ega bo'lgan zarrachalarning harakatini ifodalovchi tenglamalar, ularning yechimlari va xususiyatlarini kuradigan bulsak, kvant mexanikasining asosiy tenglamalari V.Geyzenbergning matritsa mexanikasida Shredingerning to'lqin mexanikasida Dirakning holatlar vektor i algebrasida va nixoyat R.Feynmanning Traektoriyalar bo'yicha integrallar hisobida turli tasavvurlarda bayon qilingan. Shredinger to'lqin va matritsa mexanikalarining ekvivalentligini isbotladi va ular kvant mexanikasi degan umumiy nomga birlashdi. Bu Shredingerning tula tenglamasi. U zarracha harakatini statsionar bo'lmagan, yani vaqtga bog'liq bo'lmagan maydonlarda o'rganishga imkon beradi.Formulada o'zgaruvchi funksiya x, u, z va t ning funksiyasi, ammo qisqa yozish maqsadida (t) ni ko'rinishida yozamiz. shuning uchun bundan buyon maxsus kayd etilmasa ni x, u. Z ning funksiyasi , (t0 ni esa x,y , z va t ning funksiyasi deb ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.55 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.55 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:40 ]
Arxiv ichida: doc