Kvant mexanikaning fizikaviy asoslari

Kvant mexanikaning fizikaviy asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Kvant mexanikaning fizikaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Kvant mexanikaning fizikaviy asoslari Reja: Kvant mexanika predmeti, o'rni, maqsadi. Absolyut qora jismning nurlanish qonunlari. Absolyut qora jism nurlanishining elementar kvant nazariyasi. Plank formulasi Kvant mexanika predmeti, o'rni, maqsadi. Kvant mexanika 5140200 Fizika bakalavriat ta'lim yo'nalishi Nazariy fizika kursi ning asosiy bo'limi bo'lib, hozirgi zamon nazariy fizikasida muhim o'rin egallaydi va mikrozarralar (elektron, proton va boshqa elementar zarralar, molekulalar, atom yadrolari) va mikrozarrachalar sistemasining harakat qonunlarini, bu harakatlarni tavsiflash usullarini o'rganadi. Kvant mexanikada zarrachalar va zarralar sistemasini xarakterlovchi fizik kattaliklar bilan fizik kattaliklarning tajribada bevosita o'lchanadigan qiymatlari o'rtasidagi munosabatlar hisoblab topiladi. Kvant mexanika odatda kichik tezliklarda o'rinli bo'lgan norelyavistik va tezliklarda o'rinli bo'lgan relyativistik kvant mexanikalari bo'linadi. Norelyavistik kvant mexanika butunlay tugallangan va mantiqiy qarama-qarshiliksiz nazariya hisoblanadi, relyativistik kvant mexanika esa hozircha tugallanmagan nazariya hisoblanadi. Hozirgi kunda 19- asrgacha malum bo'lgan fizikani klassik fizika deb atash qabul qilingan. Kvant mexanikaning fizika fanidagi tutgan o'rni va qo'llanish chegarasini olam masshtabi (o'lchami) tushunchasida tasavvur qilish fikr doiramizni kengaytirishga yordam beradi. Bir butun olam uchun umumiy (universal) qonuniyatlar yo'qligini, olamning xususiyatlarini etiborga olgan holda olam o'lchovini shartli to'rtta sohaga ajratamiz. 1-soha: submikroolam; 2-soha: mikroolam; 3-soha: makroolam; 4-soha : megaolam. Har bir olam o'z fundamental doimiysiga ega, bu kattalik mazkur olamdagi fizik kattaliklarining o'lchov birligi va bu fundamental doimiylik bir olamdan ikkinchi olamga o'tish chegarasini bildiradi. Submikroolam o'lchami elektron o'lchamidan (10-18 m) kichik bo'lgan sohalar bo'lib, texnik qiyinchiliklarga ko'ra amaliy jihatdan o'rganilmagan. Makroolam boshqa sohalarga qaraganda klassik fizika tomonidan nisbatan mukammal o'rganilgan. Megaolam fizikaning kosmologiya bo'limi tomonidan o'rganilmokda. Mikroolam elektron o'lchamidan (10-18 m) boshlab molekula o'lchamigacha (10-7m ) bo'lgan sohani o'z ichiga oladi. O'lchami shu oraliqqa mos kelgan barcha zarrachalar (elementar zarrachalar, yadro, atom, molekula va xakozo) mikrozarrachalar deyiladi. Biz ularni qisqacha zarrachalar (zarralar) deb ham yuritamiz. Kvant mexanika - mikroolamning obyektiv xususiyatlarini o'zida aks ettiruvchi fizikaning bo'limi hisoblanadi. Kvant mexanika - mikrozarrachalar (ularning sistemalari) ning harakat qonunlari va tavsiflash usullarini, hamda ularni xarakterlovchi kattaliklarni tajribada o'lchanadigan fizikaviy kattaliklar bilan o'zaro bog'lovchi nazariyadir. Mikrozarrachalarga - elementar zarrachalar, atomlar, molekulalar va atom yadrolari kiradi va o'rganilish maqsadiga qarab, ularni strukturasiz mikroobyekt sifatida qarash mumkin. Shunday qilib, kvant mexanika - mikrodunyo hodisalarini o'rganuvchi fizikaviy nazariyadir. Kvant mexanika fan sifatida quyidagi xususiyatlarga egadir: Kvant mexanika makroskopik sohadagi kundalik tajribalar asosida hosil bo'ladigan tasavvurlarga hamda qator fizikaviy tasavvurlarga umuman o'xshamaydigan fizikaviy tasavvurlarga asoslanadi. Kvant mexanikada qo'llaniladigan matematik apparat, eng sodda xollarda ham, klassik mexanikaning matematik apparatidan murakkabroqdir. Absolyut qora jismning nurlanish qonunlari. Muvozanatli issiqlik nurlanishini o'rganish va qonuniyatlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 173.41 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 173.41 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga